fbpx

Shokoladli semifredo muzqaymog’i

Shokoladli semifredo muzqaymog’i
Taomlari:

Masalliqlar:

Yo’nalishlar

Semifredo – italyancha mazali desert bo’lib, yozning jazirama kunlarini bayramga aylantirishi hech gap emas.

Malina va xandon pista qo’shib tayyorlaniladigan bu muzqaymoqni hajmi 22×11 sm li keks qolipiga tayyorlab olamiz. Ortib qolganlarini esa alohida konteynerlarga olamiz.

Tayyorlaniladigan shirinlikka taxminan 35 000 so’m pul sarflaniladi.*

*narxi manba chop etilgan vaqtgagina amal qiladi.

Masalliqlar:

180 gramm shakar
3 ta tuxum
2 ta tuxum sarig'i
150 gramm qora shokolad
1 choy qoshiq vanilin
20 gramm kakao kukuni
500 millilitr 35 %li yog'li qaymoq
ta'bga qarab malina
ta'bga qarab tozalangan xandon pista
Qadam 1
Tugallandi

Shokoladni suv bug'ida eritib olib, chetga olib qo'yamiz.

Qadam 2
Tugallandi

Alohida issiqqa chidamli idishga tuxum, tuxum sarig'i va shakarni solamiz.

Qadam 3
Tugallandi

Bu aralashmani idishi bilan suv bug'iga qo'yamiz, ichiga suv kirmasligi kerak.

Qo'l mikseri yordamida aralashmanni daqiqa ko'pitiramiz.

Qadam 4
Tugallandi

So'ng gaz ustidan olib, yaxshilab oqarguniga qadar ko'pirtirib olamiz.

Bu vaqt mobaynida aralashmaning harorati qaynoqdan sal iliqroqqa tushadi.

Qadam 5
Tugallandi

Ustidan kakao va vanilinni solib aralashtirib olamiz.

Qadam 6
Tugallandi

Qaymoqni alohida yaxshilab ko'pirtirib olamiz va tuxumli aralashmaga solib, qoshiqda aralashtirib olamiz.

Qadam 7
Tugallandi

So'ng malina, xandon pista va eritilgan shokoladni solib aralashtiramiz.

Qadam 8
Tugallandi

Keksga mo'ljallangan uzunchoq qolipga oziq-ovqat pelyonkasidan solib, ichiga aralashmani solamiz va qotishi uchun 3-4 soatga muzlatgichga olib qo'yamiz.

Qadam 9
Tugallandi

So'ng likopchaga ag'daramiz va ustini meva yoki yong'oq bilan bezatamiz. Yoqimli ishtaha!

Yangidan yangi retseptlarni bizdan kutib qoling va bizning telegram kanalimizga albatta a'zo bo'ling.

Muallif: Sitora

  • Oddiy

Share it on your social network:

Or you can just copy and share this url

Masalliqlar:

180 gramm shakar
3 ta tuxum
2 ta tuxum sarig'i
150 gramm qora shokolad
1 choy qoshiq vanilin
20 gramm kakao kukuni
500 millilitr 35 %li yog'li qaymoq
ta'bga qarab malina
ta'bga qarab tozalangan xandon pista
oldingi
Videoretsept: Qatlamali xamirdagi shokolad
keyingi
Tvorogli pankeyklar

Izohingizni yozib qoldiring

Qo'shimcha imkoniyatlarga ega bo'lish uchun saytdan ro'yxatdan o'ting.