Sarimsoqpiyoz bilan pishirilgan kartoshka
Masalliqlar:
-
1 kilogramm kartoshka
-
8 ta sarimsoqpiyoz tishchasi
-
70 millilitr zaytun moyi
-
ta'bga ko'ra tuz va murch
-
ta'bga ko'ra maydalangan petrushka
Yo’nalishlar
Ushbu retsept bo’yicha tayyorlangan xushbo’y va mazali taomni, ham go’shtli taomga garnir sifatida, ham asosiy taom sifatida dasturxonga tortish mumkin.
Kartoshka usti qarsildoq, ichi esa yumshoq, pyure sifat bo’lib pishadi.
Tayyor taomning taxminiy narxi – 20 000 so’m. *
narxi manba chop etilgan vaqtgagina amal qiladi.
Yangidan yangi retseptlar bilan birinchilardan bo’lib tanishishni xohlasangiz, unda bizning telegram kanalimizga albatta a’zo bo’ling.
Masalliqlar:
1 kilogramm kartoshka | |
8 ta sarimsoqpiyoz tishchasi | |
70 millilitr zaytun moyi | |
ta'bga ko'ra tuz va murch | |
ta'bga ko'ra maydalangan petrushka |
Kartoshkani po'stini artmasdan yaxshilab yuvib, 4 ta bo'lakka bo'lamiz va katta idishga solamiz.
Zaytun moyi, tuz, murch va sarimsoqpiyoz solamiz. Yaxshilab aralashtiramiz. Kartoshkalarni toblatma uchun mo'ljallangan idishga bir qavat qilib terib chiqamiz.
Kartoshkalarni 200 C darajada qizdirilgan gaz pechiga 45-60 daqiqaga pishgunicha yuboramiz.
Pishgan kartoshkalarni gaz pechidan olib, ustiga maydalangan petrushka sepamiz.
Masalliqlar:
1 kilogramm kartoshka | |
8 ta sarimsoqpiyoz tishchasi | |
70 millilitr zaytun moyi | |
ta'bga ko'ra tuz va murch | |
ta'bga ko'ra maydalangan petrushka |