Rediska solingan kartoshkali iliq salat
Masalliqlar:
-
300 gramm kartoshka
-
2 bog' rediska
-
100 gramm smetana
-
2 osh qoshiq o'simlik yog'i
-
yarim bog' shivit
-
1 dona ko'k sarimsoqpiyoz
-
30 gramm tozalangan qovoq urug'i yoki pista
-
ta'bga qarab tuz va murch
Yo’nalishlar
Tez tayyorlaniladigan mazali yeguliklardan tanovvul qilishni istasangiz, unda mana bunday ajoyib salat retsepti sizga ko’maklashadi.
Tayyorlaniladigan yegulikka taxminan 17 000 so’m sarf qilinadi.*
*narxi manba chop etilgan vaqtgagina amal qiladi.
Masalliqlar:
300 gramm kartoshka | |
2 bog' rediska | |
100 gramm smetana | |
2 osh qoshiq o'simlik yog'i | |
yarim bog' shivit | |
1 dona ko'k sarimsoqpiyoz | |
30 gramm tozalangan qovoq urug'i yoki pista | |
ta'bga qarab tuz va murch |
Ozroq tuz solingan suvda kartoshkalarni qaynatib pishiramiz.
Kartoshka pishgunicha esa qaylani tayyorlab olamiz. Buning uchun idishga smetanani quyamiz. Ustidan o'simlik yog'i, mayda to'g'ralgan shivit va sarimsoqpiyozni solamiz. Tuz va murch solib, aralashtirib olamiz.
Kartoshkani xohlagan shaklda to'g'rab olamiz.
Rediskani esa to'rtga bo'lib, biroz yupqaroq to'g'rab olamiz.
Hammasini birlashtirib, qaylani quyamiz va aralashtirib olamiz.
Likopchaga solib, ustidan qovoq urug'i yoki tozalangan pistadan sepamiz.
Yoqimli ishtaha!
Yangidan yangi retseptlarni bizdan kutib qoling va bizning telegram kanalimizga albatta a'zo bo'ling.
Masalliqlar:
300 gramm kartoshka | |
2 bog' rediska | |
100 gramm smetana | |
2 osh qoshiq o'simlik yog'i | |
yarim bog' shivit | |
1 dona ko'k sarimsoqpiyoz | |
30 gramm tozalangan qovoq urug'i yoki pista | |
ta'bga qarab tuz va murch |