fbpx
Qulupnayli brauni

Qulupnayli brauni

Masalliqlar:

  • Ganashiga:

Yo’nalishlar

Ko’pchilikning sevimli pishiriqlaridan biri sanalmish braunini yangicha, qulupnay bilan pishiriladigan retseptini siz azizlarga taqdim etamiz. 

Qulupnaylar tugab qolmasdan bu mazali yegulikni pishirishga ulguring!

Bu shirinlikka taxminan  – 000 so’m pul sarflaniladi.*

*narxi manba chop etilgan vaqtgagina amal qiladi.

Masalliqlar:

200 gramm sariyog'
200 gramm qora shokolad
200 gramm shakar
3 ta tuxum
125 gramm un
50 gramm kakao kukuni
bir chimdim tuz
150 gramm qulupnay
Ganashiga:
300 gramm qora shokolad
250 gramm 35 %li yog'li qaymoq
30 gramm sariyog'
Qadam 1
Tugallandi

Biror bir to'rtburchak qolip olib, ostiga pergament qog'oz to'shaymiz.Qolipimizning kattaigi 15×15 sm.

Qadam 2
Tugallandi

Shokolad va sariyog'ni suv bug'iga qo'yib eritamiz. Erigandan so'ng olib sovutamiz.

Qadam 3
Tugallandi

Alohida idishga tuxum, shakar va shokoladli aralashmani solamiz. So'ng ustidan un, kakao va tuzni solamiz. Aralashtiramiz va hosil bo'lgan xamirni qolipga solamiz.

Qadam 4
Tugallandi

180 ° haroratda qizdirilgan gaz pechida 35-40 daqiqa davomida ppishirib olamiz.

Qadam 5
Tugallandi

Suv bug'ida shokoladni eritamiz, ustidan qaymoq solamiz.

Silliq bo'lgunicha aralashtiramiz, so'ng chetga olib qo'yamiz.

Qadam 6
Tugallandi

Sariyog' solib aralashtiramiz. Ganashnni sovutib olamiz.

Qadam 7
Tugallandi

Qulupnaylarni yuvib, dumchasini olib tashlaymiz, o'rtasidan teng ikkiga bo'lamiz.

Pishgan braunini sovutamiz, so'ng ustidan qulupnaylarni terib chiqamiz.

Qadam 8
Tugallandi

Ustidan ganashni quyib, tekislab chiqamiz.

Qadam 9
Tugallandi

Shirinlikni 1,5-2 soatga sovutgichga olib qo'yamiz.

So'ng qolipdan olib, braunini to'rtburchak bo'laklarga bo'lib chiqamiz va mazali ta'midan bahramand bo'lamiz. Yoqimli ishtaha!

Yangidan yangi retseptlarni bizdan kutib qoling va bizning o'zbek tilidagi telegram kanalimizga albatta a'zo bo'ling.

Muallif: Sitora

  • O’rtacha

Share it on your social network:

Or you can just copy and share this url

Masalliqlar:

200 gramm sariyog'
200 gramm qora shokolad
200 gramm shakar
3 ta tuxum
125 gramm un
50 gramm kakao kukuni
bir chimdim tuz
150 gramm qulupnay
Ganashiga:
300 gramm qora shokolad
250 gramm 35 %li yog'li qaymoq
30 gramm sariyog'
oldingi
Lukumades – grekcha do’mboqchalar
keyingi
Detoks ichimligi: Qulupnay va yalpiz

Izohingizni yozib qoldiring

Qo'shimcha imkoniyatlarga ega bo'lish uchun saytdan ro'yxatdan o'ting.