fbpx
Qovurdoq

Qovurdoq

Masalliqlar:

Yo’nalishlar

Qovurdoq bu oddiy masalliqlardan tayyorlaniladigan juda mazali taom bo’lib, oson pishiriladi.

Bu taom uchun kerakli masalliqlar bu go’sht, piyoz, sabzi, kartoshka va pomidor bo’lib, bulg’or qalampiri va sarimsoqpiyozni xohishga qarab solishingiz yoki solmasligingiz mumkin.

Tayyorlaniladigan taomga taxminan 36 000 so’m sarf qilinadi.*

*narxi manba chop etilgan vaqtgagina amal qilinadi.

Masalliqlar:

700 gramm mol go'shti
1 kilo kartoshka
200 gramm qizil sabzi
250-300 gramm piyoz
400 gramm po'stidan tozalangan pomidor
200 gramm qizil bulg'or qalampiri
2-3 ta sarimsoqpiyoz tishchasi
2 ta lavr yaprog'i
5 ta qora murch donachalari
ta'bga qarab tuz
qovurish uchun o'simlik yog'i
Qadam 1
Tugallandi

Go'shtni uzunchoq shaklda to'g'rab olamiz.

Qadam 2
Tugallandi

Piyoz, sabzi va bulg'or qalampirini xohlagan shaklda to'g'raymiz. Sarimsoqpiyozni maydalab olamiz.

Qadam 3
Tugallandi

Qozonga yog'ni solib qizdiramiz va go'shtni solib qovurib olamiz.

Qadam 4
Tugallandi

Ustidan piyoz va sabzini solib, birga qovurib olamiz. 5-10 daqiqadan so'ng bulg'or qalampiri, sarimsoqpiyoz va lavr yaproqlarini solamiz, tuz va murch sepamiz.

Qadam 5
Tugallandi

5-7 daqiqadan so'ng pomudorlarni solamiz va ikkita bo'g'im sabzavotlarni ko'mgunicha suv quyamiz. O'rtacha olovda qopqog'ini yopib, 20 daqiqa dimlab pishiramiz.

Qadam 6
Tugallandi

So'ng kartoshjani to'g'rab solamiz va ovqatimizga solamiz. Kartoahka yumshab pishguniga qadar pishirib olamiz.

Qadam 7
Tugallandi

Pishgan taomni ko'katlar bilan birga dasturxonga tortamiz. Yoqimli ishtaha!

Yangidan yangi retseptlarni bizdan kutib qoling va bizning telegram kanalimizga albatta a'zo bo'ling.

Muallif: Sitora

  • O’rtacha

Share it on your social network:

Or you can just copy and share this url

Masalliqlar:

700 gramm mol go'shti
1 kilo kartoshka
200 gramm qizil sabzi
250-300 gramm piyoz
400 gramm po'stidan tozalangan pomidor
200 gramm qizil bulg'or qalampiri
2-3 ta sarimsoqpiyoz tishchasi
2 ta lavr yaprog'i
5 ta qora murch donachalari
ta'bga qarab tuz
qovurish uchun o'simlik yog'i
oldingi
Shovla
keyingi
Parhezbop vatrushka

Izohingizni yozib qoldiring

Qo'shimcha imkoniyatlarga ega bo'lish uchun saytdan ro'yxatdan o'ting.