Qovoqli gulsimon somsalar
Masalliqlar:
-
500 gramm tayyor qatlama xamir
-
500 gramm qovoq
-
100 gramm piyoz
-
ta'bga qarab tuz va murch
-
ta'bga qarab achchiq qalampir
-
6 osh qoshiq o'simlik yog'i
-
ustiga surtish uchun tuxum sarig'i
Yo’nalishlar
Somsalar ko’pchilikning sevimli yeguligi bo’lib, kuzda qovoqlar pishgan vaqt ularni pishirishga xohish tug’iladi.
Ammo, xamir qorib, uni yoyish jarayoniga erinamiz. Shunday paytda esa tayyor qatlama xamirdan yordamchi sifatida foydalanish mumkinligini unutmaymiz!
Yangidan yangi retseptlarni bizdan kutib qoling va bizning telegram kanalimizga albatta a’zo bo’ling.
Masalliqlar:
500 gramm tayyor qatlama xamir | |
500 gramm qovoq | |
100 gramm piyoz | |
ta'bga qarab tuz va murch | |
ta'bga qarab achchiq qalampir | |
6 osh qoshiq o'simlik yog'i | |
ustiga surtish uchun tuxum sarig'i |
Qovoq po'stini archib, urug'laridan tozalaymiz va qirg'ichning katta tishchasidan chiqaramiz.
Piyozni yarim parrak qilib to'g'raymiz va yog' solingan tovada qovurib olamiz.
Tog'orachaga qovoq va piyozni yog'i bilan birga solamiz, tuz, murch, ta'bga qarab achchiq qalampirdan sepamiz. Yaxshilab aralashtirib olamiz.
Xamirni teng o'nta bo'lakka bo'lamiz va har birini 2-3 mm qalinlikda, aylana shaklda yoyib olamiz.
O'rtasiga asosdan solib, chetlarini markazga qilib yopishtiramiz.
Ip olib, somsalarni avval gorizontal, so'ng vertikal tomondan o'tkazamiz, so'ng har birini o'rtasidan oq ip bilan shakl berib, somsaning ostki tomonidan tuguncha qilib qo'yamiz. E'tibor bering, iplarni qattiq tortmang, aks holda ajratish qiyinroq kechadi.
Ustiga tuxum sarig'idan surtib, avval 200 C darajada qizdirilgan gaz pechida 10 daqiqa, so'ng 180 C darajaga haroratni tushirib, yana 20-25 daqiqa davomida pishirib olamiz. Biroz sovutib, so'ng ipchalarini olib tashlaymiz.
Yoqimli ishtaha!
Yangidan yangi retseptlarni bizdan kutib qoling va bizning telegram kanalimizga albatta a'zo bo'ling.
Masalliqlar:
500 gramm tayyor qatlama xamir | |
500 gramm qovoq | |
100 gramm piyoz | |
ta'bga qarab tuz va murch | |
ta'bga qarab achchiq qalampir | |
6 osh qoshiq o'simlik yog'i | |
ustiga surtish uchun tuxum sarig'i |
1 Sharhlar Hide Comments
Вложите пожалуйста видео