fbpx
Qovoqchali quymoqlar

Qovoqchali quymoqlar

Masalliqlar:

Yo’nalishlar

Bugun bizlar ikkilanishlar bilan qovoqchali quymoq tayyorlashga bel bog’ladik. O’xsharmikan yo’qmi deb qo’rqdik.

Natijada esa birinchi urinishdanoq juda sersuv va yumshoqqina quymoqlar hosil bo’ldi.

Tayyorlaniladigan yegulikka taxminan 13 000 so’m pul sarflaniladi.*

*narxi manba chop etilgan vaqtgagina amal qilinadi.

Masalliqlar:

Portsiya:
500 gramm qovoqcha
160 gramm un
250 millilitr sut
2 ta tuxum
ta'bga qarab tuz va murch
2-3 osh qoshiq zaytun moyi
3-4 shoxcha shivit
Qadam 1
Tugallandi

Qovoqchani po'stini archib olamiz va qirg'ichdan chiqarib olamiz.

Qadam 2
Tugallandi

Un, sut, tuxum, tuz va murchni solib, yaxshilab aralashtirib olamiz.

Qadam 3
Tugallandi

Blender yordamida yaxshilab ezib, maydalab olamiz.

Qadam 4
Tugallandi

Zaytun yog'ini solib, aralashtiramiz. Xsmir suyuqroq bo'ladi.

Qadam 5
Tugallandi

Tovaga ozroq yog' surtamiz va bir cho'mich quymoq xamiridan quyamiz.

Tovani chap-o'ngga burib, xamir butun tovaga bir xil quyilishini ta'minlaymiz.

So'ng quymoqni ag'darib olamiz va pishiramiz.

Shunday qilib, barcha quymoqlarni pishirib olamiz.

Qadam 6
Tugallandi

Pishgan quymoqlar ichiga sabzavotlar, qaynatilgan tovuq go'shti yoki qovurilgan qo'ziqorindan solamiz.

Yoki o'zini sevimli qaylaga botirib, iste'mol qilamiz. Yoqimli ishtaha!

Yangidan yangi retseptlarni bizdan kutib qoling va bizning telegram kanalimizga albatta a'zo bo'ling.

Muallif: Sitora

  • 60 daqiqa
  • Portsiya 4
  • O’rtacha

Share it on your social network:

Or you can just copy and share this url

Masalliqlar:

Portsiya:
500 gramm qovoqcha
160 gramm un
250 millilitr sut
2 ta tuxum
ta'bga qarab tuz va murch
2-3 osh qoshiq zaytun moyi
3-4 shoxcha shivit
oldingi
Xamir ichiga solib pishirilgan do’lma
keyingi
Sabzavotli lazanya

Izohingizni yozib qoldiring

Qo'shimcha imkoniyatlarga ega bo'lish uchun saytdan ro'yxatdan o'ting.