Qovoqchadan tayyorlanilgan gazak
Masalliqlar:
-
200 gramm qovoqcha
-
80 gramm qattiq pishloq
-
3 oshbqoshiq zaytun moyi
-
ta'bga qarab tuz va murch
-
3 dona sarimsoqpiyoz tishchasi
-
ozroq shivit va kashnich
Yo’nalishlar
Qovoqchadan tayyorlanilgan yangicha gazakimiz yoqdimi? Bunday yegulik kartoshka frining bemalol o’rnini bosa oladi.
Bu yegulikni pishirayotgan paytingizda uning hididan hatto qo’shnilariz ham yugurib chiqishi aniq.
Tayyorlaniladigan taomga taxminan 6 000 so’m pul sarflaniladi.*
*narxianba xhop etilgan vaqtgagina amal qiladi.
Masalliqlar:
200 gramm qovoqcha | |
80 gramm qattiq pishloq | |
3 oshbqoshiq zaytun moyi | |
ta'bga qarab tuz va murch | |
3 dona sarimsoqpiyoz tishchasi | |
ozroq shivit va kashnich |
Qovoqchani 1,5 - 2 sm qalinlikda parrak qilib to'g'rab olamiz. Idishga solamiz.
Ustidan mayda to'g'ralgan shivit va sarimsoqpiyoz, zaytun yog'i, tuz va murch solib yaxshilab aralashtirib olamiz.
Pergament qog'oz to'shalgan patnisga terib, 210 C darajada qizdirilgan gaz pechida 25 daqiqa davomida pishirib olamiz.
So'ng olib, ustidan qirg'ichdan chiqarilgan pishloq sepamiz va yana 5 daqiqa pishirib olamiz.
Pishgan yegulikni taomlarga qo'shib dasturxonga tortamiz. Yoqimli ishtaha!
Yangidan yangi retseptlarni bizdan kutib qoling va bizning telegram kanalimizga albatta a'zo bo'ling.
Masalliqlar:
200 gramm qovoqcha | |
80 gramm qattiq pishloq | |
3 oshbqoshiq zaytun moyi | |
ta'bga qarab tuz va murch | |
3 dona sarimsoqpiyoz tishchasi | |
ozroq shivit va kashnich |