fbpx
Qovoqchadan pishirilgan quymoqchalar

Qovoqchadan pishirilgan quymoqchalar

Masalliqlar:

Yo’nalishlar

Qovoqchalar mavsumi ham boshlanayotgan bir paytda, Zira oson tayyorlaniladigan, asosiysi mazali retseptlarini taqdim etishda davom etadi.

Bugun qovoqchalardan tayyorlanilgan quymoqchalar bilan tanishishingiz mumkin. Juda foydali bu pishiriqni bolajonlaringizga albatta tayyorlab bering.

Masalliqlar:

Portsiya:
2 ta qovoqcha
2 ta tuxum
6 osh qoshiq un
bir nechta yashil rayhon yaproqchalari
1 dona sarimsoqpiyoz tishchasi
ta'bga qarab ziravorlar
Qadam 1
Tugallandi

Qovoqchalarni yuvib, quritamiz, qirg'ichdan chiqarib olamiz. Tuz sepib, aralashtiramiz va 5 daqiqaga tindirib qo'yamiz.

So'ng, qo'limiz bilan siqib, ortiqcha suyuqligidan xalos etamiz. Tuxum, un, tuz, murch, mayda to'g'ralgan ko'katlar va sarimsoqpiyoz solamiz. Xuddi xamirdek qoramiz.

Qadam 2
Tugallandi

Tovaga ozroq yog' solamiz va qizdiramiz. Qoshiq yordamida tovaga quymoqlardan solib chiqamiz. Ikkala tomonidan tillarangga kirgunicha qovurib olamiz. Dasturxonga smetana bilan birga tortamiz. Yoqimli ishtaha!

Muallif: Sitora

  • Portsiya 4
  • Oddiy

Share it on your social network:

Or you can just copy and share this url

Masalliqlar:

Portsiya:
2 ta qovoqcha
2 ta tuxum
6 osh qoshiq un
bir nechta yashil rayhon yaproqchalari
1 dona sarimsoqpiyoz tishchasi
ta'bga qarab ziravorlar
oldingi
Pomidorli qaylada pishirilgan frikalaedkalar
keyingi
Do’lma

Izohingizni yozib qoldiring

Qo'shimcha imkoniyatlarga ega bo'lish uchun saytdan ro'yxatdan o'ting.