Qovoqcha va pomidorli gazak
Masalliqlar:
-
2 dona qovoqcha
-
4 dona o'rtacha kattalikdagi pomidor
-
3 osh qoshiq smetana yoki mayonez
-
2-3 ta sarimsoqpiyoz tishchasi
-
bir necha shoxcha shivit
-
ta'bga qarab tuz va murch
-
qovurish uchun o'simlik yog'i
Yo’nalishlar
Bizlar yozning hech bir kunini mana bunday yeguliksiz tasavvur eta olmaymiz. Bu gazak qovoqcha va pomidordan oson tayyorlanilib, har qanday dasturxonga ham ko’rk bag’ishlaydi.
Tayyorlaniladigan pishiriqqa taxminan 8 000 soʻm sarf qilinadi.*
*narxi manba chop etilgan vaqtgagina amal qiladi.
Masalliqlar:
2 dona qovoqcha | |
4 dona o'rtacha kattalikdagi pomidor | |
3 osh qoshiq smetana yoki mayonez | |
2-3 ta sarimsoqpiyoz tishchasi | |
bir necha shoxcha shivit | |
ta'bga qarab tuz va murch | |
qovurish uchun o'simlik yog'i |
Qovoqchalarni yuvib, 7 millilimetr qalinlikda, parrak qilib to'g'raymiz. Tuz sepib, 15 daqiqaga qoldiramiz. So'ng qog'oz sochiq bilan artib, ortiqcha suvidan xalos etamiz.
Qizigan yog'da qovoqchalarni ikkala tomonidan qizarguniga qadar qovurib olamiz.
Ortiqcha yog'idan xalos bo'lish uchun qovurilgan qovoqchalarni qog'oz sochiq ustidan terib chiqamiz.
Qaylasiga smetana yoki mayonezga mayda to'g'ralgan sarimsoq, shivit va murch solib, aralashtiramiz.
Qovoqcha ustiga ozroq qayla surtamiz.
Pomidor bo'lagini qo'yib, yana ozroq qayla surtamiz.
So'ng yana bir marotaba: qovoqcha, qayla, pomidor va ko'katlar.
Pomidor va qovoqchali mazali gazak ham tayyor.
Yoqimli ishtaha!
Yangidan yangi retseptlarni bizdan kutib qoling va bizning telegram kanalimizga albatta a'zo bo'ling.
Masalliqlar:
2 dona qovoqcha | |
4 dona o'rtacha kattalikdagi pomidor | |
3 osh qoshiq smetana yoki mayonez | |
2-3 ta sarimsoqpiyoz tishchasi | |
bir necha shoxcha shivit | |
ta'bga qarab tuz va murch | |
qovurish uchun o'simlik yog'i |