Qovoq va go’shtli toblatma
Masalliqlar:
-
200 gramm qiyma
-
1 kilo qovoq
-
150 gramm pishloq
-
200 gramm makaron
-
4 ta tuxum
-
1 bog' shivit yoki petrushka
Yo’nalishlar
Qovoq va qiyma qo’shilmasidan hosil bo’ladigan bu taom qanchalik mazali ekanligini hatto tasavvur ham eta olmaysiz. Bir qarashda noodatiy bo’lgan bu taomdan pishiring va yaqinlaringizni xursand qiling.
Bu toblatma juda ajoyib ta’mda hiqib, pishloq esa unga yanada maza bag’ishlaydi.
Tayyorlaniladigan taomga taxminan 27 000 so’m sarflaniladi.*
*narxi manba chop etilgan vaqtgagina amal qiladi.
Masalliqlar:
200 gramm qiyma | |
1 kilo qovoq | |
150 gramm pishloq | |
200 gramm makaron | |
4 ta tuxum | |
1 bog' shivit yoki petrushka |
Makaronni al-dente, ya'ni yarim tayyor bo'lguniga qadar qaynatib olamiz.
Qovoq va pishloqni qirg'ichdan chiqaramiz, ko'katlarni mayda to'g'rab olamiz.
Issiqqa chidamli qolipga sariyog' surtamiz. Makaronlarni qolipga solamiz, ustidan pishloqni yarmini, ko'katlarni ham yarmini sepamiz.
So'ng qovoqni hammasini solib, tuz va murch sepamiz. Ustidan qiymani solib, qolgan pishloqlarni ham solamiz.
Ko'katlarni sepamiz, ta'bga qarab oreganidan sepamiz. Qopqog'ini yopamiz yoki zar qog'oz (folga) bilan yopamiz. 200 darajada qizdirilgan gaz pechida 45 daqiqa davomida pishirib olamiz. Yoqimli ishtaha!
Yangidan yangi retseptlarni bizdan kutib qoling va bizning telegram kanalimizga albatta a'zo bo'ling.