fbpx
Qizil sabzi va pomidordan tayyorlanilgan quyuq sho’rva

Qizil sabzi va pomidordan tayyorlanilgan quyuq sho’rva

Masalliqlar:

Yo’nalishlar

Yangicha ta’mdagi sho’rvalardan tayyorlashni xohlaysizmi? Unda qizil sabzi va pomidordan pishiriladigan suyuq taom aynan siz uchun!

Bu taom mayin ta’mda, asosiysi esa juda mazali bo’lib pishadi. O’z vazniga e’tibor beruvchi insonlar uchun esa ayni muddao.

Taomning bir kishilik miqdorining ozuqaviy qiymati quyidagicha:

175 kKal, 5 grammini oqsillar, 7 grammini yog’lar, 24 grammini esa uglevodlar tashkil etadi.

 

Tayyorlaniladigan taomga taxminan 18 000 so’m pul sarflaniladi.*

*narxi manba chop etilgan vaqtgagina amal qiladi.

Masalliqlar:

2 osh qoshiq o'simlik yog'i
1 dona piyoz
1 ta shoxcha selderey
600 gramm qizil sabzi
2 dona kartoshka
2 ta lavr yaprog'i
300 gramm po'stidan tozalangan pomidor
250 gramm pomidor cherry
0,5 osh qoshiq shakar
0,5 osh qoshiq olma sirkasi
125 millilitr sut
500 millilitr suv
Qadam 1
Tugallandi

Piyoz va seldereyni mayda to'g'rab olamiz.

Qadam 2
Tugallandi

Sabzini yupqa parrak, kartoshkani esa mayda to'rtburchak qilib to'g'raymiz.

Qadam 3
Tugallandi

Qozonga yog' solib qizdiramiz va piyoz bilan seldereyni solib, 3-5 daqiqa qovurib olamiz.

Qadam 4
Tugallandi

Ustidan kartoshka va sabzini solib, birgalikda 4-5 daqiqa qovuramiz.

Qadam 5
Tugallandi

Pomidorlarni po'stini archib tashlaymiz.

Qadam 6
Tugallandi

Qozonga sabzavotlar ustidan shakar, sirka, pomidor va lavr yaprog'ini solamiz.

Qadam 7
Tugallandi

Ustidan suv quyamiz va qopqog'ini yopib, past olovda 30 daqiqa pishiramiz. So'ng qopqog'ini ochib, yana 20-30 daqiqa qaynatamiz.

Qadam 8
Tugallandi

Lavr yaprog'ini olib tashlab, sutni quyamiz.

Qadam 9
Tugallandi

Hammasini blenderda yaxshilab maydalab olamiz, tuz va murch sepamiz. Yoqimli ishtaha!

Muallif: Sitora

  • O’rtacha

Share it on your social network:

Or you can just copy and share this url

Masalliqlar:

2 osh qoshiq o'simlik yog'i
1 dona piyoz
1 ta shoxcha selderey
600 gramm qizil sabzi
2 dona kartoshka
2 ta lavr yaprog'i
300 gramm po'stidan tozalangan pomidor
250 gramm pomidor cherry
0,5 osh qoshiq shakar
0,5 osh qoshiq olma sirkasi
125 millilitr sut
500 millilitr suv
oldingi
Videoretsept: Olma va suli yormasidan tayyorlanilgan vaflilar
keyingi
Ko’k piyoz va tuxumli quyma pirog

Izohingizni yozib qoldiring

Qo'shimcha imkoniyatlarga ega bo'lish uchun saytdan ro'yxatdan o'ting.