Qaymoq-qo’ziqorinli qaylada pishirilgan tovuq sonlari
Masalliqlar:
-
1 kilo tovuq sonlari
-
300 gramm shampinyon
-
100 gramm piyoz
-
200 gramm sabzi
-
300 millilitr qaymoq
-
2 ta lavr yaprog'i
-
ta'bga qarab tuz va murch
-
bir chimdim maydalangan muskat yong'og'i
-
qovurish uchun o'simlik yog'i
Yo’nalishlar
Tezpishar tushlik yoki kechki taom — har qanday uy bekasining orzusidir. Bugun bizlar sizlar uchun maxsus juda ham tez tayyorlaniladigan mazali taom tayyorladik.
Taomni tortishdan avval to’g’ralgan ko’katlar sepishni unutmang.
Tayyorlaniladigan yegulikka taxminan 50 000 so’m sarf qilinadi.*
*narxi manba chop etilgan vaqtgagina amal qiladi.
Masalliqlar:
1 kilo tovuq sonlari | |
300 gramm shampinyon | |
100 gramm piyoz | |
200 gramm sabzi | |
300 millilitr qaymoq | |
2 ta lavr yaprog'i | |
ta'bga qarab tuz va murch | |
bir chimdim maydalangan muskat yong'og'i | |
qovurish uchun o'simlik yog'i |
Tovuq go'shtiga tuz va murch sepamiz. Piyozni mayda, sabzini o'rtacha kattalikda, shampinyonlarni esa to'g'ramaymiz. Agarda ular juda katta bo'lsa, unda ikkiga bo'lamiz.
Tovaga yog' quyib, tovuq sonlarini yaxshilab qovurib olamiz, so'ng qog'oz sochiq solingan likopchaga teramiz.
O'sha tovaga piyozni tillarangga kirgunicha qovurib olamiz. So'ng sabzi va qo'ziqorinlarni solib, qo'ziqorin pishgunicha qovuramiz.
Sabzavotlar ustidan tovuq sonlarini solib, ustidan qaymoq quyamiz. Shuningdek, lavr yaprog'i, muskat yong'og'i, tuz va murch sepamiz.
Qopqog'ini yopib, 15 daqiqa dimlab pishiramiz.
Tortishdan avval to'g'ralgan ko'katlar sepib, so'ng dasturxonga tortamiz.
Yoqimli ishtaha!
Yangidan yangi retseptlarni bizdan kutib qoling va bizning telegram kanalimizga albatta a'zo bo'ling.
Masalliqlar:
1 kilo tovuq sonlari | |
300 gramm shampinyon | |
100 gramm piyoz | |
200 gramm sabzi | |
300 millilitr qaymoq | |
2 ta lavr yaprog'i | |
ta'bga qarab tuz va murch | |
bir chimdim maydalangan muskat yong'og'i | |
qovurish uchun o'simlik yog'i |