fbpx
Pomidorli qaylada pishirilgan teftellar

Pomidorli qaylada pishirilgan teftellar

Masalliqlar:

Yo’nalishlar

Pomidorli qaylada pishirilgan teftellar bu ko’pchilik sevib iste’mol qiladigan taomlardan biridir. Shuningdek, uning tayyorlash jarayoni juda ham oson bo’lib, bunda hech qanday qiyinchilikka uchramaysiz.

Bundan tashqari, siz bu taomdan ko’proq tayyorlab, yarmini pishirishingiz, yarmini esa muzlatib, keyingi safarga olib qo’yishingiz ham mumkin.

Tayyorlaniladigan taomga taxminan 33 000 so’m pul sarflaniladi.*

*narxi manba chop etilgan vaqtgagina amal qiladi.

Masalliqlar:

400 gramm mol go'shtidan qiyma
150 gramm qaynatilgan guruch
1 bosh piyoz
1 ta qizil sabzi
4 osh qoshiq pomidor pastasi
4 osh qoshiq smetana
300 millilitr suv
1 choy qoshiq quritilgan qalampir (paprika)
ta'bga qarab tuz va murch
Qadam 1
Tugallandi

Piyozni mayda to'g'rab olamiz, sabzini esa qirg'ichdan chiqaramiz. Tovaga o'simlik yog'i quyib, ikkalasini yumshagunicha qovurib olamiz.

Qadam 2
Tugallandi

Tog'orachaga qiyma, qaynatilgan guruch va qovurilgan sabzavotlarni solamiz. Tuz va murch sepib, aralashtirib olamiz.

Qadam 3
Tugallandi

Qaylasiga kerakli barcha masalliqlarni tayyorlab olamiz.

Qadam 4
Tugallandi

Pishiradigan qolipimizga yog' surtamiz.

Qadam 5
Tugallandi

Qiymadan teftellar yasab, qolipga terib chiqamiz. Ustidan qaylasini quyamiz.

Qadam 6
Tugallandi

Qolip ustini folga bilan yopib, 200 C darajaga qizigan pechda 50 daqiqa davomida pishirib olamiz.

Qadam 7
Tugallandi

Pishgan teftellar ustidan ko'katlar sepib, dasturxonga tortamiz.

Yoqimli ishtaha!

Yangidan yangi retseptlarni bizdan kutib qoling va bizning telegram kanalimizga albatta a'zo bo'ling.

Muallif: Sitora

  • O’rtacha

Share it on your social network:

Or you can just copy and share this url

Masalliqlar:

400 gramm mol go'shtidan qiyma
150 gramm qaynatilgan guruch
1 bosh piyoz
1 ta qizil sabzi
4 osh qoshiq pomidor pastasi
4 osh qoshiq smetana
300 millilitr suv
1 choy qoshiq quritilgan qalampir (paprika)
ta'bga qarab tuz va murch
oldingi
Makkajo’xori va loviyali salat
keyingi
Ko’k choyli yaxna ichimlik

Izohingizni yozib qoldiring

Qo'shimcha imkoniyatlarga ega bo'lish uchun saytdan ro'yxatdan o'ting.