fbpx
Pomidor va tunets balig’idan tayyorlangan pasta

Pomidor va tunets balig’idan tayyorlangan pasta

Masalliqlar:

Yo’nalishlar

Ajoyib, ishtahaochar tomat sousida pishgan,tunets balig’idan tayyorlangan italyan pastasi retsepti. Sousli makaronlar tezpishar va oson tayyorlanadigan taomlardan biri bo’lgani uchun, tushlikka nima tayyorlashni bilmay turganlar uchun asqotishi aniq.

Sousning ichiga maydalangan zaytunni ham solsa bo’ladi. Ular tunets balig’i bilan o’zgacha uyg’unlik kashf qilib, shuning hisobiga taomning mazasi ham takrorlanmas bo’ladi. Sousning yanada xushta’m bo’lishi uchun petrushka yoki rayhon barglaridan solishni unutmang.

Taomimizni tayyorlash uchun taxminan 25000 so’m sarflanadi.

Masalliqlar:

Portsiya:
250 gramm spagetti
1 banka konservalangan tunets balig'i
500 gramm pomidor
1-2 dona sarimsoqpiyoz tishchasi
150 gramm piyoz
1 choy qoshiq oregano
ta'bga ko'ra tuz
xohishga ko'ra yashil rayhon
qovurish uchun o'simlik yog'i
Qadam 1
Tugallandi

Pomidorlarni po'stidan ajratib olamiz. Agar ularni avvaldan 1-2 daqiqaga qaynoq suvga solib qo'ysangiz, po'stidan ajratish oson bo'ladi.

Qadam 2
Tugallandi

Pomidorlarni o'rtacha kub shaklida, piyoz va sarimsoqpiyozni maydalab to'g'rab olamiz.

Qadam 3
Tugallandi

Tovada yog'ni qizdirib olib, piyoz va sarimsoqpiyozni 2-3 daqiqa davomida qovuramiz.

Qadam 4
Tugallandi

Massaliqlarimizga to'g'ralgan pomidorlarni qo'shib, tuzlab, dimlaymiz. Ularni ora-orada toki ortiqcha suyuqlik uchib ketmagunicha aralashtirib turamiz.

Qadam 5
Tugallandi

Sousga konservalangan tunets, oregano va xohishga ko'ra rayhonni solib, aralashtiramiz.

Qadam 6
Tugallandi

Kattaroq qozonda spagettini yo'riqnomasiga binoan pishirib olamiz.

Qadam 7
Tugallandi

Makaronlar suvdan olingach, sous bilan yaxshilab aralashtirib olamiz. Taomni shu zahoti dasturxonga tortish lozim.

Yangidan yangi retseptlarni bizdan kutib qoling va bizning telegram kanalimizga albatta a'zo bo'ling.

Muallif: Sitora

  • Portsiya 4
  • Oddiy

Share it on your social network:

Or you can just copy and share this url

Masalliqlar:

Portsiya:
250 gramm spagetti
1 banka konservalangan tunets balig'i
500 gramm pomidor
1-2 dona sarimsoqpiyoz tishchasi
150 gramm piyoz
1 choy qoshiq oregano
ta'bga ko'ra tuz
xohishga ko'ra yashil rayhon
qovurish uchun o'simlik yog'i
oldingi
Ko’zachada pishirilgan tovuq
keyingi
Inglizlarga xos nonushta

Izohingizni yozib qoldiring

Qo'shimcha imkoniyatlarga ega bo'lish uchun saytdan ro'yxatdan o'ting.