fbpx
«Plombir» kremi

«Plombir» kremi

Masalliqlar:

Yo’nalishlar

Ta’m jihatidan haqiqatdan ham Plombir muzqaymog’ini eslatib yuboruvchi ajoyib krem retseptini e’tiboringizga havola etamiz.

Bunday kremni tayyorlash umuman qiyinchilik tug’dirmaydi, natijasi esa shubhasiz hammaga manzur keladi.

Tayyorlaniladigan yegulikka taxminan 32 000 so’m sarf qilinadi.*

*narxi manba chop etilgan vaqtgagina amal qiladi.

Masalliqlar:

4 ta tuxum sarig'i
200 gramm shakar
5 osh qoshiq makkajo'xori kraxmali o'rniga kartoshkali kraxmaldan solish mumkin emas
1 choy qoshiq vanil shakari
500 millilitr sut
200-250 gramm sariyog' xona haroratidagi
Qadam 1
Tugallandi

Tuxum sarig'i va shakarni oqarguniga qadar, taxminan 5-7 daqiqa mikserda ko'pirtirib olamiz.

Qadam 2
Tugallandi

Kraxmal va vanil shakarini solib, yana 3-4 daqiqa ko'pirtirib olamiz.

Qadam 3
Tugallandi

Ustidan oz-ozdan xona haroratidagi sutni quyamiz va yaxshilab aralashtirib olamiz.

Qadam 4
Tugallandi

Hammasini qozonchaga quyamiz va gazga qo'yib, qizdiramiz. To'xtatmay kovlab turamiz. Qaynab, quyulishni boshlasa, olovni o'chiramiz.

Qadam 5
Tugallandi

Kremni tog'orachaga olamiz. Ustida parda hosil bo'lmasligi uchun oziq-ovqat pelyonkasini tekkizib, ustini yopamiz.

2-3 soat yoki bir kechaga sovutgichga olib qo'yamiz.

Qadam 6
Tugallandi

Xona haroratidagi sariyog'ni yaxshilab ko'pirtirib olamiz. Ko'pirtirishda to'xtamay, 1 osh qoshiqdan sovigan kremdan solamiz. Krem o'z shaklini yaxshi ushlaydigan holatga kiradi.

Kremni 30-40 daqiqa sovutgichga olib qo'yib, so'ng undan foydalanamiz.

Yangidan yangi retseptlarni bizdan kutib qoling va bizning telegram kanalimizga albatta a'zo bo'ling.

Muallif: Sitora

  • O’rtacha

Share it on your social network:

Or you can just copy and share this url

Masalliqlar:

4 ta tuxum sarig'i
200 gramm shakar
5 osh qoshiq makkajo'xori kraxmali o'rniga kartoshkali kraxmaldan solish mumkin emas
1 choy qoshiq vanil shakari
500 millilitr sut
200-250 gramm sariyog' xona haroratidagi
oldingi
Feta pishlog’i bilan tayyorlangan ratatuy
keyingi
Quruq mevalar solib pishirilgan oshirma pirog

Izohingizni yozib qoldiring

Qo'shimcha imkoniyatlarga ega bo'lish uchun saytdan ro'yxatdan o'ting.