Pishloqli klyarda pishirilgan gulkaram
Masalliqlar:
-
1 bosh gulkaram
-
2 ta tuxum
-
150 gramm maydalangan suxari
-
200 gramm qirg'ichdan chiqarilgan qattiq pishloq
-
0.5 choy qoshiq sarimsoqpiyoz kukuni
-
1 choy qoshiq quritilgan qalampir (paprika)
-
ta'bga qarab tuz va murch
Yo’nalishlar
Pishloq va suxarili klyarda pishirilgan gulkaram retseptini qarshi oling! Oddiy va tezpishar bunday yegulik har qanday taomga ajoyib qo’shimcha bo’la olishi shubhasizdir.
Ishtahaochar ko’rinishli bunday gazak hatto bayram dasturxonlariga ham o’zgacha ko’rk bag’ishlaydi.
Tayyorlaniladigan yegulikka taxminan 18 000 so’m sarf qilinadi.*
*narxi manba chop etilgan vaqtgagina amal qiladi.
Masalliqlar:
1 bosh gulkaram | |
2 ta tuxum | |
150 gramm maydalangan suxari | |
200 gramm qirg'ichdan chiqarilgan qattiq pishloq | |
0.5 choy qoshiq sarimsoqpiyoz kukuni | |
1 choy qoshiq quritilgan qalampir (paprika) | |
ta'bga qarab tuz va murch |
Gulkaramni bo'laklarga bo'lamiz va yuvib olamiz. So'ng tuzli suvga solib, 5-7 daqiqa davomida qaynatib pishiramiz.
Suvini to'kib tashlaymiz va sovutib olamiz.
Tuxumlarni chaqib idishga solamiz va sanchiqda ko'pirtirib olamiz.
Alohida idishga esa pishloq, maydalangan suxari va ziravorlarni solib, aralashtirib olamiz.
Gulkaramlarni avval tuxumga, so'ng esa suxarili aralashmaga bulg'ab olamiz.
Pergament qog'oz to'shalgan patnisga ularni terib, 200 C darajada qizigan pechda 15 daqiqa davomida pishirib olamiz.
Pishgan gulkaramlarni esa xohlagan sevimli sous bilan birga dasturxonga tortamiz.
Yoqimli ishtaha!
Yangidan yangi retseptlarni bizdan kutib qoling va bizning telegram kanalimizga albatta a'zo bo'ling.
Masalliqlar:
1 bosh gulkaram | |
2 ta tuxum | |
150 gramm maydalangan suxari | |
200 gramm qirg'ichdan chiqarilgan qattiq pishloq | |
0.5 choy qoshiq sarimsoqpiyoz kukuni | |
1 choy qoshiq quritilgan qalampir (paprika) | |
ta'bga qarab tuz va murch |