Pishloq va kartoshkalik chalpak
Masalliqlar:
-
20 gramm eritilgan sariyog'
-
90 gramm un
-
55 millilitr sut
-
10 gramm eritilgan sariyog'
-
bir chimdim tuz
-
1 ta katta kartoshka
-
20 gramm mayonez
-
250 gramm motsarella pishlog'i
Yo’nalishlar
Agar kechki ovqatingizdan biroz pyure qolgan bo’lsa, juda mazzali va to’yimli, tovada pishiriladigan pishloq va kartoshkali chalpak tayyorlashni taklif qilamiz.
Bunday chalpakni smetana yoki boshqa sous bilan nonushtaga dasturxonga tortish mumkin. Juda tez va oson tayyorlanadi.
Tayyor taomning taxminiy narxi – 28 000 so’m.
*narxi manba chop etilgan vaqtgagina amal qiladi.
Yangi retseptlar bilan birinchilardan bo’lib tanishishni xohlasangiz, unda bizning telegram kanalimizga albatta obuna bo’ling.
Masalliqlar:
20 gramm eritilgan sariyog' | |
90 gramm un | |
55 millilitr sut | |
10 gramm eritilgan sariyog' | |
bir chimdim tuz | |
1 ta katta kartoshka | |
20 gramm mayonez | |
250 gramm motsarella pishlog'i |
Xamir tayyorlaymiz
Sut, un, eritilgan sariyog’ va bir chimdim tuzni aralashtirib, xamir qoramiz.
Dumaloq qilib, yopishqoq plyonkaga o’rab sovutgichga 1 soatga qo’yamiz.
Nachinka tayyorlaymiz
Kartoshkani pishirib, pyure qilib, mayonez bilan aralashtiramiz. Pishloqni katta qirg’ichdan o’tkazamiz.
Xamirni 22 sm diametrlik dumaloq shaklda yoyamiz. O’rtasiga pishloqni qo’yamiz. Ustiga pyure va yana bir qator pishloq. Chetlarini o’rtaga yeg’ib chimdilab berkitamiz, aylantiramiz va ustidan 1 sm qalinlikda chalpak yoyamiz.
Masalliqlar:
20 gramm eritilgan sariyog' | |
90 gramm un | |
55 millilitr sut | |
10 gramm eritilgan sariyog' | |
bir chimdim tuz | |
1 ta katta kartoshka | |
20 gramm mayonez | |
250 gramm motsarella pishlog'i |