fbpx
Olcha va makli pirog

Olcha va makli pirog

Masalliqlar:

  • Asosiga:

Yo’nalishlar

Olcha g’arq pishgan vaqtda undan har xil pishiriqlar tayyorlashga ulguring. Ulardan birini hozir sizlarga tavsiya qilamiz.

Olcha va mak solib pisiriladigan bu pirog ustidan smetanali aralashma solinadi, qarabsizki, juda ham mazali pishiriq ham tayyor.

Tayyorlaniladigan pishiriqqa taxminan 23 000 so’m pul sarflaniladi.*

*narxi manba chop etilgan vaqtgagina amal qiladi.

Masalliqlar:

200 gramm un
160 gramm muzdek sariyog'
60 gramm shakar
bir chimdim tuz
1 dona tuxum
Asosiga:
350 gramm danagidan tozalangan olcha
30 gramm mak
300 gramm smetana
80 gramm shakar
1 choy qoshiq vanilin
3 ta tuxum
Qadam 1
Tugallandi

Makni qaynoq suvga 3 soatga ivitib qo'yamiz.

Qadam 2
Tugallandi

Qolipni tayyorlab olamiz. Tubiga pergament qog'oz to'shab, chetlariga sariyog' surtamiz. Bizlar aylanasi 24-26 sm li qolipdan foydalandik.

Qadam 3
Tugallandi

Xamiriga kerakli barcha masalliqlarni solib, xamir qoramiz. Xamirni qolipga yoyib, sanchiq bilan bir nechta joyiga sanchamiz va 45 daqiqaga sovutgichga olib qo'yamiz.

Qadam 4
Tugallandi

Gaz pechini 180 C darajaga yoqib qo'yamiz.

Qadam 5
Tugallandi

Makni suvini siqib tashlaymiz va o'zini xamirning har qayeriga bir chimdimdan qo'yib chiqamiz.

Qadam 6
Tugallandi

Qolgan bo'sh joylariga esa olchalardan teramiz.

Qadam 7
Tugallandi

Smetanaga shakar, vanilin, tuxum va karaxmalni solib, yaxshilab aralashtirib olamiz va pirogning ustidan quyamiz.

Qadam 8
Tugallandi

Qizib turgan gaz pechida 1 soat davomida pishiramiz. Pirogni qolipida sovutib olamiz.

Yangidan yangi retseptlarni bizdan kutib qoling va bizning telegram kanalimizga albatta a'zo bo'ling.

Muallif: Sitora

  • O’rtacha

Share it on your social network:

Or you can just copy and share this url

Masalliqlar:

200 gramm un
160 gramm muzdek sariyog'
60 gramm shakar
bir chimdim tuz
1 dona tuxum
Asosiga:
350 gramm danagidan tozalangan olcha
30 gramm mak
300 gramm smetana
80 gramm shakar
1 choy qoshiq vanilin
3 ta tuxum
oldingi
Pishirishni talab qilmaydigan shokoladli chizkeyk
keyingi
Rukkola va dudlangan salmon balig’idan salat

Izohingizni yozib qoldiring

Qo'shimcha imkoniyatlarga ega bo'lish uchun saytdan ro'yxatdan o'ting.