fbpx
O’zbekcha ugra-osh sho’rvasi

O’zbekcha ugra-osh sho’rvasi

Masalliqlar:

  • ugra uchun

Yo’nalishlar

Sovuq kunlarda uyda tayyorlangan o’zbekcha issiq ugra-oshidan boshqa nima yaxshiroq bo’lishi mumkin?

Ugra-osh – bu  tuxumli ugra va tovuq go’shtidan qilingan an’anaviy sho’rva bo’lib, katta va kichikka birdek xush keladi.

Tayyor taomning taxminiy qiymati – 27 000 so’m.*

*narxi manba chop etilgan vaqtgagina amal qiladi.

*Yangidan-yangi retseptlar bilan birinchilardan bo’lib tanishishni xohlasangiz, unda bizning telegram kanalimizga albatta a’zo bo’ling.

Masalliqlar:

Portsiya:
400 gramm tovuq go'shti
1 dona qizil sabzi
1 dona qizil bulg'or qalampiri
2 dona piyoz
3 osh qoshiq o'simlik yog'i
ta'bga qarab tuz va murch
2 ta yaproq lavr yaprog'i
ugra uchun
2 dona tuxum
200 gramm un
bir chimdim tuz
Qadam 1
Tugallandi

Birinchi bo'lib un, tuxum va tuz qo'shib, ugra hamirini tayyorlab olamiz. Hamir qorib uni 20-30 daqiqaga muzlatgichga solib qo'yamiz.

Qadam 2
Tugallandi

So'ngra hamirni muzlatgichdan olib un sepilgan stol ustida yupqa qilib yoyamiz va 10 daqiqaga qurutish uchun qo'yamiz.

Qadam 3
Tugallandi

Hamirni rulet shaklida o'rab, mayda somoncha shaklida to'g'rab olamiz va 20 daqiqaga stol ustida qurutish uchun qoldiramiz.

Qadam 4
Tugallandi

Bulyon qaynatamiz

Tovuqni yuvib, bo'laklarga bo'lib, suv solib, qaynatishga qo'yamiz. Qaynab chiqqanidan so'ng olovni pasaytiramiz va hosil bo'lgan ko'piklarni yig'ib olamiz.

Qadam 5
Tugallandi

Tuz, murch donachalari, lavr yaprog'i va 1 ta butun piyoz solib o'rta olovda qaynatamiz.

Qadam 6
Tugallandi

Alohida tovada somoncha shaklida to'g'ralgan piyoz, sabzi va qizil bulg'or qalampirini yarim tayyor holga kelguncha qovurib olamiz, so'ngra bulyonga qo'shamiz.

Qadam 7
Tugallandi

Bulyonni sabzavotlar bilan 15 daqiqa pishiramiz.

Qadam 8
Tugallandi

Tovuqni bulyondan olib mayda bo'lakchalarga bo'lib olamiz va likopchalarga qo'yamiz.

Qadam 9
Tugallandi

Ugrani bulyonga solib, 2 daqiqa pishiramiz.

Qadam 10
Tugallandi

Tayyor bo'lgan sho'rvani idishlarga solib, ko'katlar bilan bezatamiz.
Yoqimli ishtaha!

  • 2 soatdan ko'proq
  • Portsiya 6
  • O’rtacha

Share it on your social network:

Or you can just copy and share this url

Masalliqlar:

Portsiya:
400 gramm tovuq go'shti
1 dona qizil sabzi
1 dona qizil bulg'or qalampiri
2 dona piyoz
3 osh qoshiq o'simlik yog'i
ta'bga qarab tuz va murch
2 ta yaproq lavr yaprog'i
ugra uchun
2 dona tuxum
200 gramm un
bir chimdim tuz
oldingi
Banan va shokoladli keks
keyingi
Mevali salat

Izohingizni yozib qoldiring

Qo'shimcha imkoniyatlarga ega bo'lish uchun saytdan ro'yxatdan o'ting.