fbpx
Motsarella va ismaloqdan salat

Motsarella va ismaloqdan salat

Masalliqlar:

  • Aralashmasiga:

Yo’nalishlar

Ko’klam payti yengilgina taomlar organizmga xush yoqadi. Shunday yeguliklardan biri ismaloq va motsarella pishloqidan qilingan salatdir. 

Tayyorlaniladigan pishiriqqa taxminan 25 000 so’m pul sarflaniladi.*

*narxi manba chop etilgan vaqtgagina amal qiladi.

Masalliqlar:

200 gramm motsarella pishlog'i
1 bog' ismaloq
1 dona qizil bulg'or qalampiri
Aralashmasiga:
2 osh qoshiq zaytun moyi
1 osh qoshiq balzamli sirka
1/2 choy qoshiq oregano
ta'bga qarab tuz va murch
Qadam 1
Tugallandi

Ismaloq va bulg'or qalampirini yaxshilab yuvib olamiz. Ismaloqni qattiq joyini kesib tasjlab, o'rtacha kattalikda barglarini to'g'rab olamiz.

Bulg'or qalampirini ikkiga bo'lib, urug'chalaridan tozalab olamiz. So'ng o'rtacha kattalikda to'g'rab olamiz.

Qadam 2
Tugallandi

Aralashmasini tayyorlaymiz

Aralashma uchun kerakli masalliqlarni idishga solib, sanchiqda ko'pirtirib olamiz.

Qadam 3
Tugallandi

Bulg'or qalampiri, ismaloq va motsarella pishloqlarini likopchaga solamiz. Ustidan aralashmani quyib, tuz bilan murch sepamiz va aralashtirib olamiz.

Yoqimli ishtaha!

Yangidan yangi retseptlarni bizdan kutib qoling va bizning telegram kanalimizga albatta a'zo bo'ling.m

Muallif: Sitora

  • O’rtacha

Share it on your social network:

Or you can just copy and share this url

Masalliqlar:

200 gramm motsarella pishlog'i
1 bog' ismaloq
1 dona qizil bulg'or qalampiri
Aralashmasiga:
2 osh qoshiq zaytun moyi
1 osh qoshiq balzamli sirka
1/2 choy qoshiq oregano
ta'bga qarab tuz va murch
oldingi
Qahvali krem solingan Pari-Brest
keyingi
Videoretsept: Xamirturushli quymoqlar

Izohingizni yozib qoldiring

Qo'shimcha imkoniyatlarga ega bo'lish uchun saytdan ro'yxatdan o'ting.