Mol go’shti va grechkadan tayyorlangan jarkop
Masalliqlar:
-
400 gramm grechka
-
200 gramm piyoz
-
300 gramm qizil sabzi
-
300 gramm sholg'omxohishga qarab
-
1 dona qizil bulg'or qalampiri
-
1 dona yashil bulg'or qalampiri
-
300 gramm mol go'shti
-
100-120 millilitr o'simlik yog'i
-
ta'bga qarab xohlagan ko'katlar
-
ta'bga qarab tuz va murch
Yo’nalishlar
Grechka va mol go’shtidan tayyorlaniladigan bu taom to’yimli bo’lib, pishirilishi ham juda oson. Bu usulda tayyorlaniladigan grechka garnir sifatida emas, balki asosiy taom sifatida tortiladi.
Quyidagi retseptda siz bu taomni mazali pishirish sirini o’rgatamiz.
Tayyorlaniladigan yegulikka taxminan 30 000 so’m sarf qilinadi.*
*narxi manba chop etilgan vaqtgagina amal qiladi.
Masalliqlar:
400 gramm grechka | |
200 gramm piyoz | |
300 gramm qizil sabzi | |
300 gramm sholg'om | |
1 dona qizil bulg'or qalampiri | |
1 dona yashil bulg'or qalampiri | |
300 gramm mol go'shti | |
100-120 millilitr o'simlik yog'i | |
ta'bga qarab xohlagan ko'katlar | |
ta'bga qarab tuz va murch |
Piyozni yarim parrak qilib to'g'rab chiqamiz. Sabzi, go'sht va bulg'or qalampirlarini somoncha shaklda, sholg'omni biroz kattaroq qilib to'g'rab olamiz.
Qozonga yog' solib qizdiramiz, piyozni solib qizartirib qovurib olamiz. So'ng go'shtni solib, suvi bug'lanib ketguncha qovuramiz.
Sabzi va sholg'omni solib, 2 daqiqacha birga qovuramiz.
Bulg'or qalampirini solib, 1 daqiqacha birga qovuramiz. Tuz va murch sepib, ustidan suvni quyamiz. Suv sabzavotlardan + 1-2 sm ga ko'mishi kerak. 15 daqiqa pastroq olovda qaynatib pishiramiz.
So'ng grechkani yuvib solamiz va olovni balandlatib, qaynash darajasiga keltiramiz.
Agar suv hammasi bug'lanib ketgan bo'lsa, unda yana ozroq solamiz va qopqog'ini yopib, past olovda 10-15 daqiqa davomida pishirib olamiz.
Ko'katlarni mayda to'g'rab grechkaga solamiz, aralashtirib olamiz va dasturxonga tortamiz.
Yoqimli ishtaha!
Yangidan yangi retseptlarni bizdan kutib qoling va bizning telegram kanalimizga albatta a'zo bo'ling.
Masalliqlar:
400 gramm grechka | |
200 gramm piyoz | |
300 gramm qizil sabzi | |
300 gramm sholg'om | |
1 dona qizil bulg'or qalampiri | |
1 dona yashil bulg'or qalampiri | |
300 gramm mol go'shti | |
100-120 millilitr o'simlik yog'i | |
ta'bga qarab xohlagan ko'katlar | |
ta'bga qarab tuz va murch |