fbpx
Mevali desert

Mevali desert

Masalliqlar:

Yo’nalishlar

Yoz fasli bu bilamizki, yengil salatlar va yaxna ichimliklar iste’mol qiladigan mavsum. Lekin shunday shirinliklar ham borki, ular aynan shu payt rohati jon sanaladi.

Buning uchun bizlarga har xil mevalar va albatta yogurt kerak bo’ladi. Bunday yegulik nafaqat mazali, balki foydali ham sanaladi.

Tayyorlaniladigan pishiriqqa taxminan 12 000 so’m pul sarflaniladi.*

*narxi manba chop etilgan vaqtgagina amal qiladi.

Masalliqlar:

Portsiya:
2 ta shaftoli
4 ta o'rik
1-2 ta banan
2 ta olma
300 gramm shakarsiz yogurt
20 gramm kakos qirindisi
har xil yong'oqlar
Qadam 1
Tugallandi

Qulay bokallarni tayyorlab oling.

Qadam 2
Tugallandi

Barcha mevalarni yuvib, quriting.

Qadam 3
Tugallandi

Barcha mevalarni bir xil kattalikda to'rtburchak qilib to'g'raymiz.

Qadam 4
Tugallandi

Mevalarni bokallarga quyuidagi qavatda terib chiqamiz;
- mevaning bir xili
- yogurt
- kakos qirindisi

Keyin boshqa bir mava va ustidan yogurt, kakos qirindisidan solamiz.

Qadam 5
Tugallandi

Bu shirinlikni tayyorlagandan so'ng, darhol iste'mol qilish kerak, aks holda mevalar o'zidan sharbatini ajratib, darrov aynib qolishi mumkin.

Yangidan yangi retseptlarni bizdan kutib qoling va bizning telegram kanalimizga albatta a'zo bo'ling.

Muallif: Sitora

  • 15 daqiqa
  • Portsiya 4
  • Oddiy

Share it on your social network:

Or you can just copy and share this url

Masalliqlar:

Portsiya:
2 ta shaftoli
4 ta o'rik
1-2 ta banan
2 ta olma
300 gramm shakarsiz yogurt
20 gramm kakos qirindisi
har xil yong'oqlar
oldingi
Tovuq bilan pishirilgan kartoshkali rulet
keyingi
Videoretsept: Qatlamali xamirdagi shokolad

2 Sharhlar Hide Comments

Izohingizni yozib qoldiring

Qo'shimcha imkoniyatlarga ega bo'lish uchun saytdan ro'yxatdan o'ting.