Merengali brauni
Masalliqlar:
-
200 gramm sariyog'
-
200 gramm qora shokolad
-
200 gramm shakar
-
3 ta tuxum
-
125 gramm un
-
50 gramm kakao kukuni
-
bir chimdim tuz
-
Merenga
-
2 ta tuxum oqi
-
150 gramm shakar
Yo’nalishlar
Brauni – amerikancha bu pirog, ko’pchilikning sevimli shirinligiga aylanib ulgurgani bejizga emas. Chunki shokolad bilan to’yintirilgan, mayin va yoqimli ta’m ko’pchilikka yoqadi.
Bugun ana shu pishirig’imizni yangicha usulda, ya’ni ustida merenga ya’ni bilan pishiramiz.
Merenga bezedan birozgina farq qiladi.
Masalliqlar:
200 gramm sariyog' | |
200 gramm qora shokolad | |
200 gramm shakar | |
3 ta tuxum | |
125 gramm un | |
50 gramm kakao kukuni | |
bir chimdim tuz | |
Merenga |
|
2 ta tuxum oqi | |
150 gramm shakar |
To'rtburchak qolipga pergament qog'oz solib, oldindan tayyorlab qo'yamiz.
Biz 15x25 hajmdagi qolipdan foydalandik.
Suv bug'ida shokolad va sariyog'ni eritib olamiz.
So'ng olib sovutamiz.
Alohida idishga tuxum, shakar va shokoladli aralashmani solamiz.
So'ng un, kakao va tuzni solamiz.
Tayyor qolipimizga xamirni solamiz.
180 C da qizdirilgan gaz pechida 35-40 daqiqa davomida pishirib olamiz.
Merenga
Idishga shakar va tuxum oqini solamiz.
Uni suv bug'iga qo'yamiz.
Shakar oxirigacha erigunicha venchikda yaxshilab aralashtiramiz.
So'ng uni olib, mikserda yaxshilab ko'pirtiramiz.
Braunini olamiz, ustidan merengani surtamiz va issiq gaz pechiga qo'yib, "grill" tugmasini bosamiz.
Agarda sizning pechingizda bunday tugma mavjud bo'lmasa, unda eng yuqori haroratga qo'yasiz.
Usti biroz tillarangga kirgunicha, taxminan 2-3 daqiqa davomida pishirib olamiz.
Avval sovutamiz, so'ng esa kesib dasturxonga tortishimiz mumkin. Yoqimli ishtaha!
Yangidan yangi retseptlarni bizdan kutib qoling va bizning telegram kanalimizga albatta a'zo bo'ling.
Masalliqlar:
200 gramm sariyog' | |
200 gramm qora shokolad | |
200 gramm shakar | |
3 ta tuxum | |
125 gramm un | |
50 gramm kakao kukuni | |
bir chimdim tuz | |
Merenga |
|
2 ta tuxum oqi | |
150 gramm shakar |