fbpx
Menemen – turkcha qovurilgan tuxum

Menemen – turkcha qovurilgan tuxum

Masalliqlar:

Yo’nalishlar

Nonushtada qovurilgan tuxumdan tez-tez iste’mol qilib turasizmi? Menemen – pomidor va bulg’or qalampiri bilan pishiriladigan turklarning milliy nonushtasi hisoblanadi. Turkiyada nonushtaga asosan ana shu taom ko’proq tortiladi.

Bunday tuxumdan bir bor tayyorlab, so’ng har doim iste’mol qilgingiz kelaveradi.

Tayyorlaniladigan yegulikka taxminan 10 000 so’m sarf qilinadi.*

*narxi manba chop etilgan vaqtgagina amal qiladi.

Masalliqlar:

1 dona qizil bulg'or qalampiri
300 gramm pomidor
100 gramm piyoz
kichikroq achchiq qalampir
3-4 ta tuxum
30 gramm sariyog'
ta'bga qarab tuz
Qadam 1
Tugallandi

Bulg'or qalampirini urug'chalaridan tozalab, mayda to'rtburchak qilib to'g'raymiz.

Qadam 2
Tugallandi

Pomidor va piyozni po'stini archib, ularni ham xuddi shunday mayda to'rtburchak qilib to'g'rab olamiz.

Achchiq qalampirni esa halqasimon shaklda to'g'rab olamiz.

Qadam 3
Tugallandi

Tovaga sariyog'ni solib, eritib olamiz. Piyozni solib, 2-3 daqiqa davomida qovurib olamiz. So'ng bulg'or qalampiri va pomidorni solib, 5-7 daqiqa dimlab pishiramiz.

Qadam 4
Tugallandi

Tuxumlarni tovaga solib, darhol aralashtirib olamiz. Muntazam aralashtirib, 3 daqiqa davomida dimlab pishiramiz. Ta'bga qarab tuz sepamiz.

Agarda tuxum sarig'i butunligicha qolishini istasangiz, unda avval tuxum oqini solamiz, aralashtirib olamiz va undan keyin tuxum sarig'ini solamiz.

Muhim! Olovni o'chirganda tuxumlar biroz suyuq holatda qolishi kerak. Yegulikni non bilan birga dasturxonga tortamiz.

Yoqimli ishtaha!

Yangidan yangi retseptlarni bizdan kutib qoling va bizning telegram kanalimizga albatta a'zo bo'ling.

Muallif: Sitora

  • O’rtacha

Share it on your social network:

Or you can just copy and share this url

Masalliqlar:

1 dona qizil bulg'or qalampiri
300 gramm pomidor
100 gramm piyoz
kichikroq achchiq qalampir
3-4 ta tuxum
30 gramm sariyog'
ta'bga qarab tuz
oldingi
Pomidor va mol go’shtidan qilingan vetchinali pitsa
keyingi
Qaynatilgan tuxum sarig’i solib pishirilgan makli pechenyelar

Izohingizni yozib qoldiring

Qo'shimcha imkoniyatlarga ega bo'lish uchun saytdan ro'yxatdan o'ting.