Marta Styuartdan anjirli pirog
Masalliqlar:
-
1 dona tuxum
-
140 gramm shakar
-
80 gramm xona haroratida yumshatilgan sariyog'
-
125 millilitr sut
-
170 gramm un
-
1.5 choy qoshiq qabartma
-
0.5 choy qoshiq tuz
-
1 choy qoshiq vanil shakari
-
400 gramm anjir mevasi
Yo’nalishlar
Anjir mazali va o’ziga xos mevalardan biri bo’lib, u qayta ishlanganda yanada mazaliroq ta’m kasb etadi.
Vaqtni yo’qotmay, darhol bunday pirogdan tayyorlab ko’rishingizni tavsiya qilamiz. Buning uchun har xil mevalardan foydalanishingiz mumkin, ammo anjir solingan pirog ta’mi bizni lol qoldirishi aniq.
Bu pirogni tayyorlash uchun bizlar aylanasi 21 sm kattalikdagi qolipdan foydalandik.
Tayyorlaniladigan yegulikka taxminan 35 000 so’m sarf qilinadi.*
*narxi manba chop etilgan vaqtgagina amal qiladi.
Masalliqlar:
1 dona tuxum | |
140 gramm shakar | |
80 gramm xona haroratida yumshatilgan sariyog' | |
125 millilitr sut | |
170 gramm un | |
1.5 choy qoshiq qabartma | |
0.5 choy qoshiq tuz | |
1 choy qoshiq vanil shakari | |
400 gramm anjir mevasi |
Anjirni yuvib olamiz va hammasini ikkiga bo'lib chiqamiz.
Un, qabartma va tuzni alohida idishga elab solamiz.
Yumshoq sariyog'ni esa shakar bilan birga yaxshilab ko'pirtirib olamiz.
Tuxum va sutni ham solib, silliq holatga kirgunicha ko'pirtiramiz. Barcha mahsulotlar xona haroratida, iliqroq bo'lishi lozim.
So'ng ustidan unli aralashmani solib, yaxshilab aralashtirib olamiz. Xamir xuddi quyuq smetanaga o'xshashi lozim.
Qolip chetlarini yog'lab, tagiga pergament qog'oz to'shaymiz. Va xamirni quyamiz. Ustidan ikiga bo'lingan anjirlarni terib chiqamiz.
Xamirni 180 C darajada qizigan pechda 10 daqiqa pishirib, so'ng haroratni 160 C ga pasaytiramiz va yana 40 daqiqa davomida pishirib olamiz.
Pishgan pirogni avval yaxshilab sovutib, so'ng esa qolipidan ajratamiz. Xohishga qarab, shakar upasi sepamiz.
Yoqimli ishtaha!
Yangidan yangi retseptlarni bizdan kutib qoling va bizning telegram kanalimizga albatta a'zo bo'ling.
Masalliqlar:
1 dona tuxum | |
140 gramm shakar | |
80 gramm xona haroratida yumshatilgan sariyog' | |
125 millilitr sut | |
170 gramm un | |
1.5 choy qoshiq qabartma | |
0.5 choy qoshiq tuz | |
1 choy qoshiq vanil shakari | |
400 gramm anjir mevasi |