fbpx
Makkajo’xoriga ega tovuqli kotlet

Makkajo’xoriga ega tovuqli kotlet

Masalliqlar:

Yo’nalishlar

Ushbu oddiy va tez tayyor bo’ladigan retsept odatiy taomnomangizni boyitishga yordam beradi. Makkajo’xori tovuq go’shti bilan ajoyib tarzda uyg’unlashadi.

Bunday kotletlarni istalgan garnir yoki sabzavotli salat bilan dasturxonga tortishingiz mumkin.

Tayyor taomning taxminiy narxi – 50 000 so’m. *

*narxi manba chop etilgan vaqtgagina amal qiladi.

Yangidan yangi retseptlar bilan birinchilardan bo’lib tanishishni xohlasangiz, unda bizning telegram kanalimizga albatta a’zo bo’ling.

Masalliqlar:

Portsiya:
700 gramm tovuq filesi
200 gramm konservalangan makkajo'xori
120 gramm motsarella pishlog'i
2 ta tuxum
2 osh qoshiq smetana
3 osh qoshiq un
bir nechta shivit shoxchalari
ta'bga ko'ra tuz va murch
qovurish uchun o'simlik yog'i
Qadam 1
Tugallandi

Tovuq filesini go'sht maydaligichda maydalaymiz yoki pichoqda mayda qilib to'g'raymiz.

Maslahat: to'g'ralgan go'shtdan tayyorlangan kotletlar sersuvroq bo'lib chiqadi.

Qadam 2
Tugallandi

Motsarella yoki istalgan boshqa pishloqni qirg'ichning kata tishidan o'tkazamiz.

Qadam 3
Tugallandi

Tuxum va smetanani sanchqi yordamida ozroq ko'pirtirib, un, tuz va murch solamiz.

Qadam 4
Tugallandi

So'ngra hosil bo'lgan xamirga motsarella, mayda to'g'ralgan shivit va tovuq go'shtini solamiz. Yaxshilab aralashtirib, ustini yopishqoq plyonka bilan yopib, 1 soatga muzlatgichga yuboramiz.

Qadam 5
Tugallandi

Makkajo'xorini suvini to'kib, tashlab, xamirga solib, aralashtiramiz.

Qadam 6
Tugallandi

Tovaga yog' solib, o'rtacha olovda qizdiramiz.

Xamirni 1 osh qoshiqdan solib, ikki taraflama 3 daqiqadan qovuramiz. Kerak bo'lsa 1-2 daqiqaga qopqog'ini yopib pishiramiz.

Tayyor kotletlarni smetana bilan dasturxonga tortamiz.

Yoqimli ishtaha!

  • 2 soat
  • Portsiya 12
  • O’rtacha

Share it on your social network:

Or you can just copy and share this url

Masalliqlar:

Portsiya:
700 gramm tovuq filesi
200 gramm konservalangan makkajo'xori
120 gramm motsarella pishlog'i
2 ta tuxum
2 osh qoshiq smetana
3 osh qoshiq un
bir nechta shivit shoxchalari
ta'bga ko'ra tuz va murch
qovurish uchun o'simlik yog'i
oldingi
Qulupnayli keks
keyingi
Batafsil fotoretsept: qulupnyga ega biskitli rulet

Izohingizni yozib qoldiring

Qo'shimcha imkoniyatlarga ega bo'lish uchun saytdan ro'yxatdan o'ting.