fbpx
Makaronli taom (po flotski)

Makaronli taom (po flotski)

Masalliqlar:

Yo’nalishlar

Bunday makaronlar tez tayyorlaniladigan taom bo’lib, uning retsepti har bir bekaning ro’yxatida bo’lishi kerak.

Agarda bolalaringiz makaronli taomlarni xush ko’rsa, unda hech ikkilanmasdan shu taomga murojaat qilavering.

Tayyorlaniladigan taomga taxminan 32 000 so’m pul sarf qilinadi.*

*narxi manba chop etilgan vaqtgagina amal qiladi.

Masalliqlar:

Portsiya:
500 gramm mol go'shtidan qiyma
700 gramm spagetti
400 gramm piyoz
150 millilitr o'simlik yog'i
ta'bga qarab tuz va murch
Qadam 1
Tugallandi

Qozonga suv va tuz solib qaynating va makaronni yo'riqnomasiga qarab qaynatib oling.

Qadam 2
Tugallandi

Tovaga yog' solib qizdiring, yarim halqa to'g'ralgan piyozni qizartirib qovuring.

Qadam 3
Tugallandi

Ustidan qiymani solib, pishguniga qadar birga qovuring.

Qadam 4
Tugallandi

So'ng tuz va murch sepib, makaronni ham soling. Yaxshilab aralashtirsangiz, taom ham tayyor! Yoqimli ishtaha!

Yangidan yangi retseptlarni bizdan kutib qoling va bizning telegram kanalimizga albatta a'zo bo'ling.

Muallif: Sitora

  • Portsiya 6
  • Oddiy

Share it on your social network:

Or you can just copy and share this url

Masalliqlar:

Portsiya:
500 gramm mol go'shtidan qiyma
700 gramm spagetti
400 gramm piyoz
150 millilitr o'simlik yog'i
ta'bga qarab tuz va murch
oldingi
Mastava
keyingi
Tvorogli pishiriqlar

2 Sharhlar Hide Comments

Izohingizni yozib qoldiring

Qo'shimcha imkoniyatlarga ega bo'lish uchun saytdan ro'yxatdan o'ting.