fbpx
Makaronli mini-toblatmalar

Makaronli mini-toblatmalar

Masalliqlar:

Yo’nalishlar

Makaronli toblatmalarni tayyorlash bu juda oddiy va oson jarayondir. Hozir esa batafsil qanday qilinishi haqida gapirib beramiz.

Tayyorlaniladigan taomga taxminan 18 000 soʻm sarf qilinadi.*

*narxi manba chop etilgan vaqtgagina amal qiladi.

Masalliqlar:

200 gramm makaron
50 gramm pishloq
100 gramm kolbasa
taʼbga qarab tuz va murch
4 ta tuxum
Qadam 1
Tugallandi

Makaronlarni qaynatib pishirib olamiz, soʻng suvini toʻkib tashlaymiz.

Qadam 2
Tugallandi

Alohida idishga tuxumlarni chaqib solamiz, tuz sepib sal koʻpirtirib olamiz.

Qadam 3
Tugallandi

Kolbasani mayda toʻrtburchak shaklda toʻgʻrab, makaron bilan birga tuxumli aralashmaga solamiz.

Qadam 4
Tugallandi

Maffinlarga moʻljallangan qolipchalarga sariyogʻdan surtamiz va aralashmadan solib chiqamiz. Ustidan qirgʻichdan chiqarilgan pishloqdan sepib chiqamiz.

Agarda sizda bunday qolip mavjud boʻlmasa, unda xohlagan boshqa bir kattaroq qolipda pishirishingiz ham mumkin.

Qadam 5
Tugallandi

180 C darajada qizdirilgan gaz pechida 20 daqiqa davomida pishirib olamiz.

Agarda siz bitta katta qolipda pishirsangiz, unda uzoqroq pishirish kerak boʻladi.

Yoqimli ishtaha!

Yangidan yangi retseptlarni bizdan kutib qoling va bizning telegram kanalimizga albatta a'zo bo'ling.

Muallif: Sitora

  • O’rtacha

Share it on your social network:

Or you can just copy and share this url

Masalliqlar:

200 gramm makaron
50 gramm pishloq
100 gramm kolbasa
taʼbga qarab tuz va murch
4 ta tuxum
oldingi
Anʼanaviy borsh
keyingi
Videoretsept: apelsinli maffinlar

Izohingizni yozib qoldiring

Qo'shimcha imkoniyatlarga ega bo'lish uchun saytdan ro'yxatdan o'ting.