Limon bilan pishirilgan tovuq oyoqchalari
Masalliqlar:
-
6-8 dona tovuq oyoqchalari
-
2 ta limon
-
2 osh qoshiq asal
-
2 osh qoshiq soya qaylasi
-
2 ta sarimsoqpiyoz tishchasi
Yo’nalishlar
Tushlik yoki kechki taomga tayyorlash uchun oddiy taom retseptini tavsiya qilamiz: asal va soya qaylasida pishirilgan tovuq oyoqchalarining ichi mayin, usti esa qarsildoq bo’lib pishadi.
Bir nechtagiina masalliqlardan tayyorlaniladigan mazali taom hech kimni befarq qoldirmasligi aniq.
Tayyorlaniladigan yegulikka taxminan 27 000 so’m pul sarflanadi.*
*narxi manba chop etilgan vaqtgagina amal qilinadi.
Masalliqlar:
6-8 dona tovuq oyoqchalari | |
2 ta limon | |
2 osh qoshiq asal | |
2 osh qoshiq soya qaylasi | |
2 ta sarimsoqpiyoz tishchasi |
Tovuq oyoqchalarini yuvib, tog'orachaga solamiz.
Kichikroq idishga esa soya qaylasi, asal va qirg'ichdan chiqarilgan sarimsoq piyozni solamiz.
Limonlarni bo'laklarga bo'lib, tovuq ustidan solamiz. Asalli aralashmani ham quyamiz. Aralashtirib, kamida ikki soat, iloji bo'lsa kun bo'yi sovutgichga olib qo'yamiz.
Tovuq oyoqchalarini qolipga solib, 180 C darajada 40 daqiqa davomida pishirib olamiz. Ustini folga qog'oz bilan yopish shart emas. Pishish jarayonida bir necha marta marinadini tovuq oyoqchalarining ustidan quyib turamiz.
Xohishga qarab biror xil garnir bilan birga tortamiz.
Yoqimli ishtaha!
Yangidan yangi retseptlarni bizdan kutib qoling va bizning telegram kanalimizga albatta a'zo bo'ling.
Masalliqlar:
6-8 dona tovuq oyoqchalari | |
2 ta limon | |
2 osh qoshiq asal | |
2 osh qoshiq soya qaylasi | |
2 ta sarimsoqpiyoz tishchasi |