fbpx
Lavashdan tayyorlanilgan xonim

Lavashdan tayyorlanilgan xonim

Taomlari:

Masalliqlar:

Yo’nalishlar

Xamirli taomlardan iste’mol qilishni istasangiz-u, lekin xamir qorishga xohishingiz bo’lmasa, unda bizning retsept asosida tayyor lavashdan xonim pishiring.

Bu taomni mantiqosqonni to’ldirib pishiring, chunki u bir pastda tugab qolishi hech gap emas.

Tayyorlaniladigan taomga taxminan 15 000 so’m pul sarflaniladi.*
*narxi manba chop etilgan vaqtgagina amal qiladi.

Masalliqlar:

600 gramm mol go'shtidan qiyma
1 kilo kartoshka
200 gramm qizil sabzi
400 gramm piyoz
1 bog' xohlagan ko'katlar
ta'bga qarab tuz va murch
8 dona lavash
100 millilitr o'simlik yog'i
Qadam 1
Tugallandi

Qizil sabzi va kartoshkani qirg'ichning katta tishidan chiqaramiz.

Piyozni mayda to'g'rab olamiz.

Qadam 2
Tugallandi

Katta idishga qiyma, maydalangan sabzavotlar va to'g'ralgan ko'katlarni solamiz.

Qadam 3
Tugallandi

Tuz va murch sepib, yaxshilab aralashtirib olamiz.

Qadam 4
Tugallandi

Mantiqosqonga suv solib, qaynatamiz.

Qadam 5
Tugallandi

Qiymali aralashmani 8 ga bo'lamiz.

Qadam 6
Tugallandi

Lavashlarga qiymali aralashmadan tekislab solib, o'rab chiqamiz.

Muhim! Bunday xonimda qiyma odddiy xonimdagidek ko'p bo'lmaydi, aks holda lavash yirtilib ketishi mumkin.

Qadam 7
Tugallandi

Mantiqosqonlarni yaxshilab yog'lab, lavashli xonimlarni solamiz.

Qadam 8
Tugallandi

Qaynayotgan suv ustiga qo'yib, qopqog'ini yopamiz va 20 daqiqa davomida qaynatib pishiramiz.

Pishgandan so'ng likopchaga ag'daramiz kesib, sevimli qayla yoki qatiq bilan iste'mol qilamiz. Yoqimli ishtaha!

Yangidan yangi retseptlarni bizdan kutib qoling va bizning telegram kanalimizga albatta a'zo bo'ling.

Muallif: Sitora

  • O’rtacha

Share it on your social network:

Or you can just copy and share this url

Masalliqlar:

600 gramm mol go'shtidan qiyma
1 kilo kartoshka
200 gramm qizil sabzi
400 gramm piyoz
1 bog' xohlagan ko'katlar
ta'bga qarab tuz va murch
8 dona lavash
100 millilitr o'simlik yog'i
oldingi
«Tayyor sotuvdagidek ta’mli» qovoqchali ikra
keyingi
Videoretsept: Laxmajun – turkcha pitsa

Izohingizni yozib qoldiring

Qo'shimcha imkoniyatlarga ega bo'lish uchun saytdan ro'yxatdan o'ting.