fbpx
Lanchboks uchun g’oya: quymoqli sendvich

Lanchboks uchun g’oya: quymoqli sendvich

Masalliqlar:

Yo’nalishlar

Bu maqolamizda bizlar maktabda o’qib yurgan bolajonlarimiz och qolmasdan, yaxshi yurishlari uchun tayyorlasa bo’ladigan har xil mazali yeguliklar tayyorlash sirlarini o’rgatamiz.

Maktabda iste’mol qilsa bo’ladigan yegulik va ichimliklarni tanlayotganda, ularning foydali ekanligiga ishonch hosil qilishimiz shart. Bunday mahsulotlarga, masalan, Danone kompaniyasining mahsulotlarini misol qilish mumkin. Ularning farzandlarimizning yaxshi o’sishi uchun kalsiy va D guruh vitaminiga to’yintirilgan «Rastishka» yogurt va tvoroglari ham mazali, ham foydaliligi bilan ko’pchilikni xursand qilib kelmoqda.

Lanchboksni to’ldirish variantlari

– quymoqli sendvich
– apelsin
– zaytun mevasi
– «cherry» pomidori
– krekerlar
– yogurt

Umumiy qoidalar:

  • Lanchboksga albatta quruq va nam salfetkalardan solish kerak.
  • Salat bargini buterbrotga solmoqchi bo’lsangiz, unda uni yuvgandan so’ng yaxshilab quritib oling (aks holda sendvich namlanib, yumshab qoladi).
  • agarda bankachaga yogurt solib bermoqchi bo’lsangiz unda choy qoshiq yoki bir martalik qoshiqchalardan solib qo’ying.
  • Ishlaydigan onalar esa kechqurun lanchbokslarni tayyorlab qo’yib, sovutgichga olib qo’yishlari ham mumkin. Bir kechada bu yeguliklar aynib qolmaydi.
  • Sut, tuxum, qaynatilgan go’sht kabi tez aynuvchi mahsulotlarni sovutgichdan olgandan so’ng 4 soat ichida yeyish kerak. Bu haqida bolangizni albatta ogohlantirib qo’ying.

Masalliqlar:

2 bo'lak baget yoki sendvichga mo'ljallangan non
1 dona tuxum
30 gramm pishloq
bir nechta shoxsha shivit
ta'bga qarab tuz
1 osh qoshiq sariyog'
Qadam 1
Tugallandi

Pishloqni qirg'chning mayda tishchasidan chiqarib olamiz.

Qadam 2
Tugallandi

Shivitni esa mayda to'g'raymiz.

Qadam 3
Tugallandi

Non bo'laklarini o'rtasidan ozroq o'yib olamiz, ichi chuqurroq bo'lishi kerak. Chunki ichiga tuxumli aralashmadan solamiz.

Qadam 4
Tugallandi

Kosachaga tuxumni chaqib solamiz, ustidan qirilgan pishloq, shivit va tuz solib aralashtiramiz.

Qadam 5
Tugallandi

Har bir non bo'lagiga bir osh qoshiqdan aralashmadan solamiz va ikkta non bo'lagini ehtiyotkorlik bilan birlashtiramiz.

Qadam 6
Tugallandi

Tovaga sariyog' bo'lakchasidan solamiz, sendvichlarni terib, qopqog'ini yopamiz va past olovda ikkala tomonidan pishirib olamiz.

Yangidan yangi retseptlarni bizdan kutib qoling va bizning telegram kanalimizga albatta a'zo bo'ling.

Muallif: Sitora

  • O’rtacha

Share it on your social network:

Or you can just copy and share this url

Masalliqlar:

2 bo'lak baget yoki sendvichga mo'ljallangan non
1 dona tuxum
30 gramm pishloq
bir nechta shoxsha shivit
ta'bga qarab tuz
1 osh qoshiq sariyog'
oldingi
Uy sharoitida quritilgan pomidorlardan tayyorlash
keyingi
Uyda tayyorlanilgan kartoshkali non

Izohingizni yozib qoldiring

Qo'shimcha imkoniyatlarga ega bo'lish uchun saytdan ro'yxatdan o'ting.