fbpx
Kruassanlik sendvichlar

Kruassanlik sendvichlar

Masalliqlar:

  • Jemli kruassan-sendvich

  • Dudlangan go'shtli kruassan-sendvich

  • Tuxumli kruassan-sendvich

Yo’nalishlar

Tayyor kruassanlardan oson va tez nonushta retseptini sizga taklif qilamiz. 

Nachinka uchun pishloqli sir va jem, qovurilgan tuxum, va dudlangan go’sht va salat barglarini ishlatdik. 

Tayyor taomning taxminiy narxi – 55 000 so’m. 

*narxi manba chop etilgan vaqtgagina amal qiladi.

Yangi retseptlar bilan birinchilardan bo’lib tanishishni xohlasangiz, unda bizning telegram kanalimizga albatta obuna bo’ling.

Masalliqlar:

Portsiya:
Jemli kruassan-sendvich
1 ta muzlatilgan yoki tayyor kruassan
20 gramm tvorogli pishloq
20 gramm quyuq murabbo yoki jem
Dudlangan go'shtli kruassan-sendvich
1 ta muzlatilgan yoki tayyor kruassan
20 gramm tvorogli pishloq
2 ta salat bargi
3 dona dudlangan go'sht
Tuxumli kruassan-sendvich
1 ta muzlatilgan yoki tayyor kruassan
20 gramm tvorogli pishloq
1 bog' rukkola
1 ta tuxum
Qadam 1
Tugallandi

Muzlatilgan kruassanlarni pech patnisiga terib chiqib, 180C darajagacha qizdirilgan pechga 8 daqiqaga qo’yamiz.

Qadam 2
Tugallandi

Jemli kruassan-sendvich tayyorlaymiz

Issiq kruassanni o’rtasidan kesamiz. Pastki qismiga tvorogli pishloq va jem surtamiz. Kruassanning ikkinchi yarimi bilan berkitamiz.

Qadam 3
Tugallandi

Dudlangan go'shtli kruassan-sendvich tayyorlaymiz

Issiq kruassanni o’rtasidan kesamiz. Pastki qismiga tvorogli pishloq surtamiz. Ustiga salat barglari va dudlangan go’sht bo’laklarini qo’yamiz. Kruassanning ikkinchi yarimi bilan berkitamiz.

Qadam 4
Tugallandi

Tuxumli kruassan-sendvich tayyorlaymiz

Sariyog’da tuxumni qovurib olamiz.
Agar tuxum sarig’i biroz suyuq bo’lsa yanada yaxshi: uni sendvich ustiga osonlikcha qo’ya olasiz va suyuq tuxum sarig’i qo’shimcha sous bo’ladi.

Qadam 5
Tugallandi

Issiq kruassanni o’rtasidan kesamiz. Pastki qismiga tvorogli pishloq surtamiz. Ustiga rukkola va qovurilgan tuxumni qo’yamiz. Kruassanning ikkinchi yarimi bilan berkitamiz.

Yoqimli ishtaha!

  • 15 daqiqa
  • Portsiya 3
  • O’rtacha

Share it on your social network:

Or you can just copy and share this url

Masalliqlar:

Portsiya:
Jemli kruassan-sendvich
1 ta muzlatilgan yoki tayyor kruassan
20 gramm tvorogli pishloq
20 gramm quyuq murabbo yoki jem
Dudlangan go'shtli kruassan-sendvich
1 ta muzlatilgan yoki tayyor kruassan
20 gramm tvorogli pishloq
2 ta salat bargi
3 dona dudlangan go'sht
Tuxumli kruassan-sendvich
1 ta muzlatilgan yoki tayyor kruassan
20 gramm tvorogli pishloq
1 bog' rukkola
1 ta tuxum
oldingi
Videoretsept: «Bao» bulochkalari
keyingi
Videoretsept: brauni pechenyesi

Izohingizni yozib qoldiring

Qo'shimcha imkoniyatlarga ega bo'lish uchun saytdan ro'yxatdan o'ting.