Krem-bryule
Masalliqlar:
-
400 millilitr 35 %li yog'li qaymoq
-
4 ta tuxum sarig'i
-
70 gramm shakar
-
1 choy qoshiq vanil shakari
-
Karamel uchun
-
20 gramm shakar
Yo’nalishlar
Muxtasham shirinlik krem-bryule usti karamellangan mayin va yengil kremdan iborat. Uning ta’mi hech kimni befarq qoldirmas.
Tayyor taomning taxminiy narxi – 27 000 so’m.
*narxi manba chop etilgan vaqtgagina amal qiladi.
Yangi retseptlar bilan birinchilardan bo’lib tanishishni xohlasangiz, unda bizning telegram kanalimizga albatta obuna bo’ling.
Masalliqlar:
400 millilitr 35 %li yog'li qaymoq | |
4 ta tuxum sarig'i | |
70 gramm shakar | |
1 choy qoshiq vanil shakari | |
Karamel uchun |
|
20 gramm shakar |
Qozonchaga qaymoqni quyib isitamiz, qaynashni boshlaganda olovdan olamiz. Qaynatmaymiz.
Tuxum sarig’i bilan shakarni aralashtiramiz.
Tuxum sarig’iga sekinlik bilan issiq qaymoqni quyamiz, tinmay aralashtiramiz.
Keramik qoliplarga quyib, 100C gacha qizdirilgan pechga 40-60 daqiqaga qo’yamiz.
O’z pechingizni haroratini bilgan xolda, agar past bo’lsa 120C ga ko’tarish mumkin.
Tayyor bo’lganida butunlay sovutib, sovutgichga 3 soatga qo’yamiz.
Sovutilgan shirinlikni ustiga shakar sepib, tepasida qattiq qatlam paydo bo’lishi uchun gorelkada kuydiramiz.
Masalliqlar:
400 millilitr 35 %li yog'li qaymoq | |
4 ta tuxum sarig'i | |
70 gramm shakar | |
1 choy qoshiq vanil shakari | |
Karamel uchun |
|
20 gramm shakar |