fbpx
Koreyscha baqlajonli salat

Koreyscha baqlajonli salat

Taomlari:

Masalliqlar:

Yo’nalishlar

Agar siz ham baqlajonlarni xuddi bizdek sevib iste’mol qilsangiz, unda bu achchiqqina, yorqin salatimiz aynan siz uchun.

Biz esa uni tayyorlashdagi nozik jihatlarni yoritib beramiz.

 

Koreyscha salatlarning afzalligi ularni tayyorlagandan so’ng darhol dasturxonga tortishingiz yoki bir necha kun sovutgichda saqlashingiz mumkinligidadir. Sovutgichda bir necha kun turgan salat yanada mazaliroq ta’m kasb etadi.

 

Yana agar salat tayyorlashda har xil rangdagi bulg’or qalampirini ishlatsangiz, u bayram dasturxonining ko’rkiga aylanadi.

Masalliqlar:

3 ta baqlajon
2 ta qizil bulg'or qalampiri
1 ta piyoz
1 ta pomidor
5 tishcha sarimsoqpiyoz
1 bog' kashnich
ta'bga ko'ra tuz
ta'bga ko'ra soya qaylasi
ta'bga ko'ra yanchilgan achchiq qalampir
Qadam 1
Tugallandi

Baqlajonni qayroqcha (brosachka) shaklda to’g’rang va katta kosaga soling. Yaxshilab tuzlang va 15-20 daqiqaga suvi chiqishi uchun olib qo’ying.

Qadam 2
Tugallandi

Piyozni yarim halqa qilib to’g’rang. O’simlik yog’ida yumshaguncha qovuring.

Qadam 3
Tugallandi

Bulg’or qalampirini somoncha shaklda to’g’rang.
Pomidorni po’stlog’ini arching va to'rtburchak qilib to’g’rang.

Qadam 4
Tugallandi

To’g’ralgan bulg’or qalampiri va pomidorni piyozga qo’shib, yumshaguncha qovuring.

Qadam 5
Tugallandi

Baqlajonlarni yuvib, toki ularning hajmi 2 barobar kichrayguncha yaxshilab suvini siqish zarur.
Iloji boricha suvini ketkazish kerak.

Qadam 6
Tugallandi

Suvsiz baqlajonlarni qolgan sabzavotlarga qo’shing.

Tayyor bo’lishidan bir necha daqiqa oldin sarimsoqpiyozni ezib soling.
Maydalangan kashnich qo’shing.

Qadam 7
Tugallandi

Tuzlang. Tuz o’rniga soya qaylasidan foydalansangiz ham bo’ladi.
Ta'bingizga ko’ra achchiq qizil qalampir kukuni qo’shsangiz bo’ladi.
Iliq yoki sovuq holda dasturxonga torting.

Muallif: Sitora

  • O’rtacha

Share it on your social network:

Or you can just copy and share this url

Masalliqlar:

3 ta baqlajon
2 ta qizil bulg'or qalampiri
1 ta piyoz
1 ta pomidor
5 tishcha sarimsoqpiyoz
1 bog' kashnich
ta'bga ko'ra tuz
ta'bga ko'ra soya qaylasi
ta'bga ko'ra yanchilgan achchiq qalampir
oldingi
Hyatt Regency mehmonxonasining retseptlari: «Toshkent» salati
keyingi
Videoretsept: Xandon pista va ziravorlar qo’shib tayyorlangan qo’y to’shlari

Izohingizni yozib qoldiring

Qo'shimcha imkoniyatlarga ega bo'lish uchun saytdan ro'yxatdan o'ting.