Kefir va ziravorlar bilan pishirilgan tovuq go’shti
Masalliqlar:
-
700 gramm tovuq filesi
-
250 millilitr kefir
-
3 ta sarimsoqpiyoz tishchasi
-
1/3 choy qoshiq zarchava
-
1/2 choy qoshiq quritilgan qalampir (paprika)
-
1/2 choy qoshiq quritilgan rayhon
-
1/3 choy qoshiq maydalangan zanjabil
-
ta'bga qarab tuz va murch
Yo’nalishlar
Sizlarga hozir kefir va ziravorlar bilan pishirilgan parhezbop tovuqli taom retseptini taqdim etamiz. Bunday usulda pishirilgan taom parhez tutuvchilarga ham bemalol tavsiya qilinadi.
Tayyorlaniladigan salatga taxminan 20 000 so’m sarf qilinadi.*
*narxi manba chop etilgan vaqtgagina amal qiladi.
Masalliqlar:
700 gramm tovuq filesi | |
250 millilitr kefir | |
3 ta sarimsoqpiyoz tishchasi | |
1/3 choy qoshiq zarchava | |
1/2 choy qoshiq quritilgan qalampir (paprika) | |
1/2 choy qoshiq quritilgan rayhon | |
1/3 choy qoshiq maydalangan zanjabil | |
ta'bga qarab tuz va murch |
Tovuq filesini ko'ndalangiga kesib chiqamiz. Tuz sepamiz.
Pechda pishiradigan qolipimizga terib chiqamiz.
Barcha ziravorlarni alohida idishga solib aralashtiramiz va tovuqqa surtib chiqamiz. Sarimsoq piyozni qirg'ichdan chiqarib, tovuq go'shtida ustidan sepamiz.
Ustidan kefirni quyib, aralashtiramiz va marinadlab qo'yamiz. Bunda ular kamida 30 daqiqadan 2 soatgacha turishi mumkin.
180 C darajada qizigan pechda 30 daqiqa davomida pishirib olamiz.
Yoqimli ishtaha!
Yangidan yangi retseptlarni bizdan kutib qoling va bizning telegram kanalimizga albatta a'zo bo'ling.
Masalliqlar:
700 gramm tovuq filesi | |
250 millilitr kefir | |
3 ta sarimsoqpiyoz tishchasi | |
1/3 choy qoshiq zarchava | |
1/2 choy qoshiq quritilgan qalampir (paprika) | |
1/2 choy qoshiq quritilgan rayhon | |
1/3 choy qoshiq maydalangan zanjabil | |
ta'bga qarab tuz va murch |