Karamelli obakidandonlar
Masalliqlar:
-
125 gramm shakar
-
50 millilitr suv
-
¼ choy qoshiq limon kislotasi
-
1-2 tomchi ozuqaviy bo'yoqlar
Yo’nalishlar
Karamelli obakidandonlar bolajonlarning eng sevimli shirinliklaridan biridir.
Lekin ularni sotib olib berishga esa ko’nglimiz bo’lmaydi, chunki uning tarkibida nimalar mavjud buni bilmaymiz. Endilikda bizning retsept asosida ularni o’zingiz uyda tayyorlash imkoniyatiga ega bo’lasiz. Tayyor bo’lsangiz unda boshladik.
Masalliqlar:
125 gramm shakar | |
50 millilitr suv | |
¼ choy qoshiq limon kislotasi | |
1-2 tomchi ozuqaviy bo'yoqlar |
Idishga shakar va suvni solib, gaz ustiga qo'yamiz.
Qaynash darajasiga keltiramiz va muntazam aralashtirib boramiz, chetlarini ham aralashtiramiz. Bunda chetlariga shakar qotib qolmasligi kerak.
Qaynatamiz.
Tayyor bo'lganini bilish uchun esa, qiyomdan bir tomchi sovuq suv solingan piyolaga tomizamiz.
Agar qiyom aylana shakliga kirib, sal qattiqroq bo'lsa, demak tayyor bo'lgan bo'ladi.
Tayyor qiyom 140-150 C da bo'ladi.
Gaz plita ustidan qiyomni olamiz va 1:1 hisobda suv bilan aralashtirilgan limon kislotasini solib aralashtirib olamiz.
Shu bosqichda bo'yoqni solsak bo'ladi.
Obakidandonni 10-15 daqiqa davomida xona haroratida qoldiramiz.
Masalliqlar:
125 gramm shakar | |
50 millilitr suv | |
¼ choy qoshiq limon kislotasi | |
1-2 tomchi ozuqaviy bo'yoqlar |