fbpx
Jemli pechenye

Jemli pechenye

Masalliqlar:

Yo’nalishlar

Jemli pechenye – uyda pishirsa bo’ladigan oddiy, tez tayyorlanadigan va mazali pishiriqlardan biridir. Pechenyelar oilaviy choy ichishlarni ajoyib tarzda to’ldirib turadi.

Usgbu pishiriqni tayyorlashda istalgan jemdan foydalanishingiz mumkin.

Tayyor taomning taxminiy narxi – 25 000 so’m. *

*narxi manba chop etilgan vaqtgagina amal qiladi.

Yangidan yangi retseptlar bilan birinchilardan bo’lib tanishishni xohlasangiz, unda bizning telegram kanalimizga albatta a’zo bo’ling.

Masalliqlar:

Portsiya:
430 gramm un
0,5 choy qoshiq iste'mol sodasi
2 ta tuxum
100 gramm shakar
10 gramm vanil shakari
200 gramm sariyog'
350 gramm olchali jem yoki istalgan boshqa jem
ta'bga ko'ra maydalangan yong'oq
Qadam 1
Tugallandi

Xamir tayyorlaymiz:

Sariyog'ni shakar va vanil shakari bilan ko'pirtiramiz.

Qadam 2
Tugallandi

Bittadan tuxum solib, har biridan so'ng yaxshilab ko'pirtiramiz.

Qadam 3
Tugallandi

Unni soda bilan aralashtirib, tuxum va sariyog'li massamizga elaymiz. Qo'lga yopishmaydigan yumshoq qumoq xamir qoramiz.

Qadam 4
Tugallandi

Xamirning tahminan 1/3 qismini ajratib, paketga solamiz va muzxonaga yuboramiz.

Qadam 5
Tugallandi

Qolgan xamirni 2 mm qalinlikdagi to'g'ri to'rtburchak shaklida yoyib, 30 daqiqaga muzlatgichga yuboramiz.

Qadam 6
Tugallandi

Sovugan xamir ustiga jem solib, tekkislaymiz.

Muzxonadagi xamirni olib, qirg'ichning katta tishidan o'tkazamiz va pirog ustiga sepamiz. Ta'bga ko'ra maydalangan yong'oq ham sepish mumkin.

Qadam 7
Tugallandi

180 C darajada qizdirilgan gaz pechida 25-30 daqiqa qizargunicha pishirib olamiz.

To'rtburchak shaklida kesib, sovutamiz. Yoqimli ishtaha!

  • 90 daqiqa
  • Portsiya 6
  • O’rtacha
  • 180 C

Share it on your social network:

Or you can just copy and share this url

Masalliqlar:

Portsiya:
430 gramm un
0,5 choy qoshiq iste'mol sodasi
2 ta tuxum
100 gramm shakar
10 gramm vanil shakari
200 gramm sariyog'
350 gramm olchali jem yoki istalgan boshqa jem
ta'bga ko'ra maydalangan yong'oq
oldingi
Videoretsept: pechenyedan tayyorlangan tvorogli tort
keyingi
Videoretsept:trayfl stakandagi desert

Izohingizni yozib qoldiring

Qo'shimcha imkoniyatlarga ega bo'lish uchun saytdan ro'yxatdan o'ting.