Iste’mol sodasi bilan pishirilgan non
Masalliqlar:
-
450 gramm un
-
1 choy qoshiq tuz
-
1 choy qoshiq iste'mol sodasi
-
400 millilitr qatiq
-
1 osh qoshiq zig'ir urug'chalari
Yo’nalishlar
Yangi pishgan nondanda mazaliroq yana nima bo’lishi mumkin? Lekin xamir qorish va pishirishga har doim ham vaqt bo’lavermaydi.
Unda bizning tezpishar nonimizga e’tibor qarating.
Biz sizlarga tez tayyorlaniladigan, mazali xushbo’y non tayyorlash usulini o’rgatmoqchimiz.
Xamir 5 daqiqa davomida qoriladi va darhol pishirishga qo’yiladi. Bug’doy uni o’rniga bir necha un navlarini aralashtirib solsa ham bo’ladi. Zig’ir urug’chalari o’rniga kungaboqar pistasi yoki xohlagan yong’oq turlaridan foydalansa bo’ladi.
Masalliqlar:
450 gramm un | |
1 choy qoshiq tuz | |
1 choy qoshiq iste'mol sodasi | |
400 millilitr qatiq | |
1 osh qoshiq zig'ir urug'chalari |
Un, tuz, iste'mol sodasi va zig'ir urug'lari aralashtiriladi.
So'ng qatiq solib, xamir qoriladi.
Stol ustiga un sepilib, xamir ustiga qo'yiladi va aylana shakl beriladi.
Chiroyli chiqishi uchun pichoq bilan xamir usti biroz kesiladi.
200 C darajada qizdirilgan duxovkada 40 daqiqa davomida pishirib olinadi.
Yangiliklarga boy mazali retseptlarni bizdan kutib qoling va bizning telegram kanalimizga a'zo bo'ling.
Masalliqlar:
450 gramm un | |
1 choy qoshiq tuz | |
1 choy qoshiq iste'mol sodasi | |
400 millilitr qatiq | |
1 osh qoshiq zig'ir urug'chalari |