Inglizcha «Fish and chips» yeguligi
Masalliqlar:
-
1 kilo oq baliq go'shti (lahm)
-
1 kilo kartoshka
-
80 gramm un
-
50 gramm makkajo'xori kraxmali
-
100 millilitr to'q rangli pivoyoki gazli suv ishlatish ham mumkin
-
1 ta tuxum
-
qovurish uchun o'simlik yog'i
-
1 choy qoshiq quritilgan qalampir (paprika)
-
1 choy qoshiq zarchava
-
ta'bga qarab tuz va murch
Yo’nalishlar
«Fish-and-chips» ingizlarning eng sevimli va mashhur yeguliklaridan biri bo’lib, buyuk Britaniyaning barcha kafelari taomnomasida uni uchratish mumkin.
Bunday taomni uy sharoitida qanday oson tayyorlash mumkinligi haqida gapirib beramiz.
Tayyorlaniladigan salatga taxminan 70 000 so’m sarf qilinadi.*
*narxi manba chop etilgan vaqtgagina amal qiladi.
Masalliqlar:
1 kilo oq baliq go'shti (lahm) | |
1 kilo kartoshka | |
80 gramm un | |
50 gramm makkajo'xori kraxmali | |
100 millilitr to'q rangli pivo | |
1 ta tuxum | |
qovurish uchun o'simlik yog'i | |
1 choy qoshiq quritilgan qalampir (paprika) | |
1 choy qoshiq zarchava | |
ta'bga qarab tuz va murch |
Kartoshkani yuvib, po'stini archamiz. Kattaroq bo'laklarga bo'lib, kattaroq tog'orachaga solamiz. Ustidan barcha ziravorlar va ozroq yog' solib, yaxshilab aralashtirib olamiz.
Pergament qog'oz ustidan solib, 200 C darajada qizigan pechda 40-50 daqiqa davomida pishirib olamiz.
Baliq filesini ham yuvib, uzunchoq shaklda to'g'rab chiqamiz. Ustidan tuz va ziravorlarni sepib, aralashtirib olamiz.
Qozonga yog'ni quyib, yaxshilab qizdirib olamiz.
Un, tuxum va pivoni bitta idishga solib, yaxshilab aralashtirib olamiz.
Bu aralashmaga baliqlarni belab, qizigan yog'ga solib qovuramiz. Qozonga ko'pi bilan to'rttadan solamiz va har bir tomonini 3-4 daqiqadan qovurib olamiz.
Pishgan kartoshkalarni qog'oz to'shalgan likopchaga olib, yoniga qovurilgan baliq bo'laklarini solib chiqamiz va dasturxonga tortamiz.
Yoqimli ishtaha!
Yangidan yangi retseptlarni bizdan kutib qoling va bizning telegram kanalimizga albatta a'zo bo'ling.
Masalliqlar:
1 kilo oq baliq go'shti (lahm) | |
1 kilo kartoshka | |
80 gramm un | |
50 gramm makkajo'xori kraxmali | |
100 millilitr to'q rangli pivo | |
1 ta tuxum | |
qovurish uchun o'simlik yog'i | |
1 choy qoshiq quritilgan qalampir (paprika) | |
1 choy qoshiq zarchava | |
ta'bga qarab tuz va murch |