Havodor bo’g’irsoq
Masalliqlar:
-
150 millilitr iliq sut
-
150 millilitr iliq suv
-
450 gramm un
-
7 gramm xamirturush
-
30 gramm shakar
-
0,5 choy qoshiq tuz
-
30 gramm sariyog'
-
qovurish uchun o'simlik yog'i
Yo’nalishlar
Hech qanday musulmon bayrami bo’g’irsoqlarsiz o’tmaydi. Do’mboq, havodor va yumshoq bo’g’irsoqlar har doim barchaga manzur keladi.
Ular ayniqsa issiqligida mazali bo’ladi, ammo xamirida tuxum yo’qligi sababli, bo’g’irsoqlar soviganida ham o’z yumshoqligini saqlab qoladi.
Tayyor taomning taxminiy narxi – 12 000 so’m. *
*narxi manba chop etilgan vaqtgagina amal qiladi.
Yangidan yangi retseptlar bilan birinchilardan bo’lib tanishishni xohlasangiz, unda bizning telegram kanalimizga albatta a’zo bo’ling.
Masalliqlar:
150 millilitr iliq sut | |
150 millilitr iliq suv | |
450 gramm un | |
7 gramm xamirturush | |
30 gramm shakar | |
0,5 choy qoshiq tuz | |
30 gramm sariyog' | |
qovurish uchun o'simlik yog'i |
Sariyog'ni eritamiz.
Idishga iliq sut va suv solib, xamirturush, shakar va tuz solib, aralashtiramiz.
So'ngra eritilgan sariyog' va un solib, yumshoq, ozroq yopishqoq xamir qoramiz.
Idishni ozroq yog'lab, xamirni qo'yamiz, ustini yopishqoq plyonka bilan yopib, issiq joyga 40 daqiqaga yuboramiz.
Oshgan xamirni 0,5-0,7 sm qalinlikdagi to'g'ri to'rtburchak shaklida yoyib, 5ga5 smli to'rtburchaklarga bo'lamiz.
Har bir bo'lakni bir-biridan tahminan 0,5 sm uzoqlikdagi masofada qo'yib, ustini yopishqoq plyonka bilan yopamiz va 5-10 daqiqaga oshishi uchun qoldiramiz.
Tovaga yog' quyib, qizdiramiz.
Xamir bo'laklarini tovaga solib, ikki taraflama qizargunicha qovuramiz.
Masalliqlar:
150 millilitr iliq sut | |
150 millilitr iliq suv | |
450 gramm un | |
7 gramm xamirturush | |
30 gramm shakar | |
0,5 choy qoshiq tuz | |
30 gramm sariyog' | |
qovurish uchun o'simlik yog'i |