fbpx
Grilda qovurib pishirilgan shaftolili salat

Grilda qovurib pishirilgan shaftolili salat

Masalliqlar:

  • Aralashtirish uchun:

Yo’nalishlar

Ko’rinish va ta’m jihatidan betakror va yorqin yozgi salat. Bunday salatni faqat xushchaqchaq italiyaliklar o’ylab topishi mumkin!

Shirin shaftoli, o’tkir rukkola, mayin motsarella pishlog’i va qarsildoq yong’oqlar – ajoyib kombinatsiya. Albatta tayyorlab ko’ring, ayniqsa hozirga shaftolilar xil-xil pishgan pallada.

Motsarella pishlog’i Toshkentda yaqinda paydo bo’ldi. Qimmat import qilingan turlaridan tashqari savdo rastalarida mahalliy varianti ham bor. Biz uni ishlatib ko’rdik, sizga ham tavsiya qilamiz. Narxi 12 000 so’m atrofida.

Masalliqlar:

3 ta shaftoli
2 bog' rukkola ko'kati
1/2 bog' yashil rayhon
50 gramm yong'oq
100 gramm motsarella pishlog'i
Aralashtirish uchun:
3 osh qoshiq zaytun moyi
1 choy qoshiq limon sharbati
1 osh qoshiq vino sirkasi
ta'bga ko'ra tuz va murch
Qadam 1
Tugallandi

Shaftolilarni yuving, o’rtasidan kesing va danaklarini olib tashlang. So’ng pallachalarga kesing. Ikkita tomonidan qora chiziqlar paydo bo’lgunicha yog’ solingann gril-tovada qovurib oling. Motsarellani palla qilib to’g’rang.
Alohida idishda salatning to’ldiruvchi qismiga mo’ljallangan barcha masalliqlarni bir tekisdagi emulsiya hosil bo’lguncha aralashtiring.

Qadam 2
Tugallandi

Rukkola va rayhon barglarini yuvib, quriting va likopcha yoki salat solinadigan idishga terib chiqing. Ustidan qovurilgan shaftoli, motsarella va yong’oqni qo’shing. To’ldiruvchi qismni ustidan quying va aralashtirib, dasturxonga torting.

Muallif: Sitora

  • Oddiy

Share it on your social network:

Or you can just copy and share this url

Masalliqlar:

3 ta shaftoli
2 bog' rukkola ko'kati
1/2 bog' yashil rayhon
50 gramm yong'oq
100 gramm motsarella pishlog'i
Aralashtirish uchun:
3 osh qoshiq zaytun moyi
1 choy qoshiq limon sharbati
1 osh qoshiq vino sirkasi
ta'bga ko'ra tuz va murch
oldingi
Uy sharoitida tayyorlangan xorovats salati
keyingi
Videoretsept: uy sharoitida mayonez tayyorlash

Izohingizni yozib qoldiring

Qo'shimcha imkoniyatlarga ega bo'lish uchun saytdan ro'yxatdan o'ting.