fbpx
Go’ja

Go’ja

Masalliqlar:

Yo’nalishlar

Issiq kunlarda organizm yaxna taomlaru ichimliklarga muhtojlik sezadi. Bugun sizlarga O’zbekistondagi eng sevimli taomlardan biri bo’lmish go’ja retseptini taqdim qilamiz.

Bu taomni tayyorlash uchun bir necha xil donlardan foydalanish mumkin, masalan: bug’doy va makkajo’xori, arpa yormasi va hattoki guruchdan ham. Ular barcha bozorlarda sotiladi.

Pishiriladigan taomga taxminan 6 000 so’m sarflaniladi.*

*narxi manba chop etilgan vaqtdagina amal qiladi.

Masalliqlar:

300 gramm bug'doy yoki makkajo'xori yormalari
2 litr suv
300 gramm suzma
bir nechta rayhon yaqroqchalari
ta'bga qarab shivit
ta'bga qarab tuz va murch
Qadam 1
Tugallandi

Go'ja uchun ishlatadigan bug'doy yoki makkajo'xorimizni yaxshilab yuvib, sovuq suvda 3-4 soatga ivitib qo'yamiz.

Qadam 2
Tugallandi

Suvini to'kib tashlab qozonga solamiz va ustidan toza suv quyamiz.

Qadam 3
Tugallandi

O'rtacha olovda taxminan 1 soatgacha qaynatib pishiramiz.

Qadam 4
Tugallandi

Pishgandan so'ng olib sovutamiz va suzma yoki qatiq solib aralashtiramiz.

Qadam 5
Tugallandi

Ko'katlarni to'g'rab, ichiga solamiz, tuz va murchini rostlab olamiz. Hammasini yaxshilab aralashtiramiz va biroz sovutgichga olib qo'yamiz.

Qadam 6
Tugallandi

So'ng muzdekkina go'jani iste'mol qilsak ham bo'ladi. Yoqimli ishtaha!

Yangidan yangi retseptlarni bizdan kutib qoling va bizning telegram kanalimizga albatta a'zo bo'ling.

Muallif: Sitora

  • O’rtacha

Share it on your social network:

Or you can just copy and share this url

Masalliqlar:

300 gramm bug'doy yoki makkajo'xori yormalari
2 litr suv
300 gramm suzma
bir nechta rayhon yaqroqchalari
ta'bga qarab shivit
ta'bga qarab tuz va murch
oldingi
«Qizil baxmal» torti
keyingi
Mevali nayskrim

7 Sharhlar Hide Comments

Izohingizni yozib qoldiring

Qo'shimcha imkoniyatlarga ega bo'lish uchun saytdan ro'yxatdan o'ting.