Gaz pechida pishirilgan qovoq
Masalliqlar:
-
1 dona dumaloq qovoq
-
300 gramm mol go'shti
-
200 gramm piyoz
-
150 gramm sabzi
-
2 dona qizil bulg'or qalampiri
-
0.5 choy qoshiq zira
-
qovurish uchun o'simlik yog'i
-
ta'bga qarab tuz va murch
-
2-3 osh qoshiq suv
Yo’nalishlar
Ichiga qiyma va sabzavotlar solib pishiriladigan ajoyib qovoqli taom retseptini sizlarga taqdim etamiz.
Bunday usulda pishirilgan qovoq juda sersuv va mazali chiqishi bilan birga, butun oila a’zolari uchun birdek foydali hisoblanadi.
Tayyorlaniladigan yegulikka taxminan 27 000 so’m sarf qilinadi.*
*narxi manba chop etilgan vaqtgagina amal qiladi.
Masalliqlar:
1 dona dumaloq qovoq | |
300 gramm mol go'shti | |
200 gramm piyoz | |
150 gramm sabzi | |
2 dona qizil bulg'or qalampiri | |
0.5 choy qoshiq zira | |
qovurish uchun o'simlik yog'i | |
ta'bga qarab tuz va murch | |
2-3 osh qoshiq suv |
Tovaga yog' solib, to'rtburchak shaklda to'g'ralgan piyozni solib qovurib olamiz.
Go'shtni o'rtacha kattalikda to'g'rab olamiz. Piyoz shaffof rangga kirgandan so'ng esa go'shtni solib, tillarangga kirgunicha qovurib olamiz.
Sabzini yupqa somoncha shaklda to'g'rab, go'sht ustidan solamiz.
So'ng somoncha shaklda to'g'ralgan bulg'or qalampirini solamiz.
Hammasini 5-7 daqiqa qovuramiz. Tuz va murch sepb, suvni ham quyamiz.
Qovoqni yuvib, dumchali tomonini kesib olamiz.
Kesilgan joyini o'yib tashlaymiz, urug'laridan tozalab, ichiga tovadagi sabzavotlarni solamiz. "Qopqog'i" bilan ustini yopamiz.
Folgani yoyib, ustidan qovoqni qo'yamiz va folga bilan yaxshilab o'raymiz.
Qovoqni gaz pechi patnisiga qo'yib, 180 C darajada qizdirilgan gaz pechida 60-80 daqiqa davomida pishirib olamiz.
Yoqimli ishtaha!
Yangidan yangi retseptlarni bizdan kutib qoling va bizning telegram kanalimizga albatta a'zo bo'ling.
Masalliqlar:
1 dona dumaloq qovoq | |
300 gramm mol go'shti | |
200 gramm piyoz | |
150 gramm sabzi | |
2 dona qizil bulg'or qalampiri | |
0.5 choy qoshiq zira | |
qovurish uchun o'simlik yog'i | |
ta'bga qarab tuz va murch | |
2-3 osh qoshiq suv |
1 Sharhlar Hide Comments
пиёз ўзи шаффоф рангда бўлади, уни олтинрангга киргунича қовуриш керак. гўшт ҳеч қачон тилларангга кирмайди. сув солинмайди, қуйилади. қовоқда данак эмас, уруғ бўлади. қопқоқни зубочистка билан михлаш керак.