fbpx
Gaz pechida pishirilgan kartoshka va go’shtli frikadelkalar

Gaz pechida pishirilgan kartoshka va go’shtli frikadelkalar

Masalliqlar:

  • go'shtli frikadelkalar uchun

  • kartoshkali frikadelkalar uchun

Yo’nalishlar

Gaz pechida pishirilgan kartoshka va go’shtli frikadelkalar – oilaviy tushlik yoki kechki ovqat uchun ajoyib variant. Ushbu taom juda mazali va xushbo’y bo’lib chiqadi.

Frikadelkalar kartoshka bilan birga pishgani tufayli, uning oldiga garnir tayyorlashnng hojati qolmaydi. Sabzavotli salat tayyorlasangiz bas, kechki ovqat yoki tushlik tayyor!

Tayyor taomning taxminiy narxi – 42 000 so’m. *

*narxi manba chop etilgan vaqtgagina amal qiladi.

Yangidan yangi retseptlar bilan birinchilardan bo’lib tanishishni xohlasangiz, unda bizning telegram kanalimizga albatta a’zo bo’ling.

Masalliqlar:

Portsiya:
go'shtli frikadelkalar uchun
350 gramm mol go'shtidan qiyma
1 ta piyoz
2 ta sarimsoqpiyoz tishchasi
50 gramm maydalangan suxari
1 ta tuxum
ta'bga ko'ra quritilgan qalampir (paprika)
ta'bga ko'ra tuz va murch
kartoshkali frikadelkalar uchun
300 gramm qaynatilgan kartoshka
30 gramm sariyog'
0,5 bog' shivit
0,5 bog' petrushka
ta'bga ko'ra tuz va murch
qolipga surtish uchun o'simlik yog'i
1 osh qoshiq pomidor pastasi
100 millilitr qaynoq suv
150 gramm pishloq
Qadam 1
Tugallandi

Idishga qiyma, mayda to'g'ralgan piyoz, sarimsoqpiyoz, maydalangan suxari, tuxum, paprika, tuz va murch solib, yaxshilab aralashtiramiz.

Qadam 2
Tugallandi

Kartoshkani po'stidan tozalab, pishgunicha qaynatib olamiz.

Qadam 3
Tugallandi

Qaynatib olingan kartoshkaga sariyog', tuz va murch solib, pyure holatiga keltirib, ezamiz. So'ngra mayda to'g'ralgan ko'kat solib, aralashtiramiz.

Qadam 4
Tugallandi

Go'shtli va kartoshkali qiymadan yong'oqdek keladigan frikadelkalar yasab olamiz.

Qadam 5
Tugallandi

Frikadelkalarni yog'langan qolipga terib chiqamiz.

Qadam 6
Tugallandi

200 C darajada qizdirilgan gaz pechiga 25 daqiqaga yuboramiz.

Qadam 7
Tugallandi

Pomidor pastasini qaynoq suvga solib, arlashtiramiz.

Qadam 8
Tugallandi

Taomni gaz pechidan olib, pomidorli qaylani quyamiz va qirg'ichdan o'tkazilgan pishloq sepib, yana 15 daqiqaga gaz pechiga yuboramiz.

Yoqimli ishtaha!

  • 1 soat 30 daqiqa
  • Portsiya 6
  • O’rtacha
  • 200 C

Share it on your social network:

Or you can just copy and share this url

Masalliqlar:

Portsiya:
go'shtli frikadelkalar uchun
350 gramm mol go'shtidan qiyma
1 ta piyoz
2 ta sarimsoqpiyoz tishchasi
50 gramm maydalangan suxari
1 ta tuxum
ta'bga ko'ra quritilgan qalampir (paprika)
ta'bga ko'ra tuz va murch
kartoshkali frikadelkalar uchun
300 gramm qaynatilgan kartoshka
30 gramm sariyog'
0,5 bog' shivit
0,5 bog' petrushka
ta'bga ko'ra tuz va murch
qolipga surtish uchun o'simlik yog'i
1 osh qoshiq pomidor pastasi
100 millilitr qaynoq suv
150 gramm pishloq
oldingi
Videoretsept: oshirma xamirdan shokoladli rulet
keyingi
Videoretsept: qumoq xamirdan smetannik

Izohingizni yozib qoldiring

Qo'shimcha imkoniyatlarga ega bo'lish uchun saytdan ro'yxatdan o'ting.