fbpx
Gaz pechida pishirilgan gulkaram

Gaz pechida pishirilgan gulkaram

Masalliqlar:

Yo’nalishlar

Gulkaram juda mazali bo’lib, pishishi mumkin, eng asosiysi uni qanday tayyorlashni bilish. Usti pishloqli, xushbo’y gulkaram garnir yoki ovqatdan keyingi tanovvul uchun to’g’ri keladi.

Qovurilganidan farqli o’laroq, ushbu retsept bo’yicha gaz pechida pishirilgan gulkaram yog’siz bo’lib pishadi, ammo ta’mi juda mazali, usti qarsildoq, ichi esa yumshoq bo’lib pishadi.

Tayyor taomning taxminiy narxi – 25 000 so’m. *

*narxi manba chop etilgan vaqtgagina amal qiladi.

Yangidan yangi retseptlar bilan birinchilardan bo’lib tanishishni xohlasangiz, unda bizning telegram kanalimizga albatta a’zo bo’ling.

Masalliqlar:

Portsiya:
1000-1200 gramm gulkaram
1 osh qoshiq tuz
200 gramm 35 %li yog'li qaymoq
2 choy qoshiq mayoran, rayxon, oregano
150 gramm qattiq pishloq istalgan
ta'bga ko'ra qora murch
Qadam 1
Tugallandi

Gulkaramni shoxchalarga ajratib, qaynab turgan sho'r suvda 5 daqiqa ushlab turamiz.

Qadam 2
Tugallandi

Suvini to'kib tashlab, gulkaramni issiqqa chidamli idishga olamiz.

Qadam 3
Tugallandi

Murch va ziravorlar sepamiz.

Ustidan qaymoq quyamiz.

Qadam 4
Tugallandi

Ustidan pishloqni qirg'ichdan chiqarib, 190 C darajada qizdirilgan gaz pechiga 30 daqiqaga usti qizargunicha yuboramiz.

Yoqimli ishtaha!
Rasmiy instagram sahifasi:artel_official

Rasmiy instagram sahifasi (uy uchun kichik jihozlar):artel_mbt

Reklama huquqi ostida

  • 40 daqiqa
  • Portsiya 6
  • Oddiy
  • 190 C

Share it on your social network:

Or you can just copy and share this url

Masalliqlar:

Portsiya:
1000-1200 gramm gulkaram
1 osh qoshiq tuz
200 gramm 35 %li yog'li qaymoq
2 choy qoshiq mayoran, rayxon, oregano
150 gramm qattiq pishloq istalgan
ta'bga ko'ra qora murch
oldingi
Videoretsept: karamli pirojkalar
keyingi
Videoretsept: vanilli keks

Izohingizni yozib qoldiring

Qo'shimcha imkoniyatlarga ega bo'lish uchun saytdan ro'yxatdan o'ting.