fbpx
Gaspacho – pomidorli yaxna sho’rva

Gaspacho – pomidorli yaxna sho’rva

Masalliqlar:

Yo’nalishlar

Jazirama yoz kunlarida gaspacho sho’rvasi organizmni kerakli vitaminlarni berish bilan birga, chanqoqni bostirib tetiklashtiradi. Ana shunday sho’rvadan bir bor bo’lsada tayyorlab ko’ring!

Bu taomning mamlakati Ispaniya hisoblanadi.

Tayyorlaniladigan taomga taxminan 5 000 so’m pul sarflaniladi.*

*narxi manba chop etilgan vaqtgagina amal qiladi.

Masalliqlar:

Portsiya:
1 kilo yaxshi pishgan pomidor
1 dona sarimsoqpiyoz tishchasi
100 gramm yashil bulg'or qalampiri
50 gramm qizil piyoz
100 gramm bodring
30 millilitr 9% li sirka
100 millilitr zaytun moyi
1 choy qoshiq tuz
10 dona muz bo'lakchalari
Qadam 1
Tugallandi

Pomidor, bodring, piyoz va sarimsoqpiyozni po'stidan tozalab olamiz.

Qadam 2
Tugallandi

Bulg'or qalampirini urug'chalaridan tozalab olamiz.

Qadam 3
Tugallandi

Sabzavotlarni hammasini xohlagancha to'g'rab, blender idishiga solamiz.

Qadam 4
Tugallandi

Tuz sepamiz, sirka va zaytun yog'ini solib, blenderda taxminan 3 daqiqa maydalab olamiz.

Qadam 5
Tugallandi

Muz bo'lakchalarini solib, 30 daqiqa sovutgichga olib qo'yamiz.

Qadam 6
Tugallandi

Xohishga qarab non bo'laklarini zaytun yog'ida qovurib, sho'rva bilan birga tortish mumkin. Yoqimli ishtaha!

Azizlar, barcha yangiliklardan birinchi xabardor bo'lishni istasangiz, unda hoziroq sahifamizning o'zbek tilidagi telegram kanaliga albatta a'zo bo'ling.

Muallif: Sitora

  • 15 daqiqa
  • Portsiya 4
  • Oddiy

Share it on your social network:

Or you can just copy and share this url

Masalliqlar:

Portsiya:
1 kilo yaxshi pishgan pomidor
1 dona sarimsoqpiyoz tishchasi
100 gramm yashil bulg'or qalampiri
50 gramm qizil piyoz
100 gramm bodring
30 millilitr 9% li sirka
100 millilitr zaytun moyi
1 choy qoshiq tuz
10 dona muz bo'lakchalari
oldingi
Xachapuri House kafesidan retsept: «Lobio» salati
keyingi
Baqlajonli sersuv burgerlar

Izohingizni yozib qoldiring

Qo'shimcha imkoniyatlarga ega bo'lish uchun saytdan ro'yxatdan o'ting.