fbpx
Frikadelkali turkcha sho’rva

Frikadelkali turkcha sho’rva

Taomlari:

    Masalliqlar:

    Yo’nalishlar

    Turkcha taomlar juda mazali bo’lib, ularning butun dunyo bo’yicha sevib iste’mol qilinishi hech kimga sir emas.

    Mana bunday frikadelkali sho’rva ham taomnomangizni boyitib, ajoyib tushlik yoki kechki ovqat vazifasini bemalol uddalay oladi.

    Tayyorlaniladigan yegulikka taxminan 25 000 so’m pul sarflanadi.*

    *narxi manba chop etilgan vaqtgagina amal qilinadi.

    Masalliqlar:

    500 gramm mol go'shtidan qiyma
    50 gramm guruch
    50 gramm bulgur
    2 ta piyoz
    1 ta qizil sabzi
    3 ta kartoshka
    1 osh qoshiq pomidor pastasi
    ta'bga qarab har xil ziravorlar
    ta'bga qarab tuz va murch
    Qadam 1
    Tugallandi

    Qiymaga bulgur, guruch va mayda to'g'ralgan piyozni solamiz. Tuz va murch sepib, aralashtiramiz.

    Qadam 2
    Tugallandi

    Qiymalardan frikadelkalar yasab olib, unga belab belab olamiz va sovutgichga olib qo'yamiz.

    Qadam 3
    Tugallandi

    Qozonga suv quyamiz va kartoshkani bo'laklarga bo'lib solamiz. Gazga qo'yib, qaynash darajasiga keltiramiz.

    Qadam 4
    Tugallandi

    Piyoz va sabzini to'rtburchak qilib to'g'raymiz va yog'da qovurib olamiz.

    Qadam 5
    Tugallandi

    Ustidan tomat pastasi va ozroq suv solamiz, qopqog'ini yopib, 5 daqiqa past olovda dimlaymiz.

    Qadam 6
    Tugallandi

    Qaynayotgan bulyonga bittadan frikadelkalarni solib chiqamiz.

    Qadam 7
    Tugallandi

    Qopqog'ini yopib, sho'rvani 40 daqiqa davomida qaynatib pishiramiz.

    Qadam 8
    Tugallandi

    Pishgan sho'rvani ko'katlar yoki smetana bilan birga tortamiz.

    Yoqimli ishtaha!

    Yangidan yangi retseptlarni bizdan kutib qoling va bizning telegram kanalimizga albatta a'zo bo'ling.

    Muallif: Sitora

    • O’rtacha

    Share it on your social network:

    Or you can just copy and share this url

    Masalliqlar:

    500 gramm mol go'shtidan qiyma
    50 gramm guruch
    50 gramm bulgur
    2 ta piyoz
    1 ta qizil sabzi
    3 ta kartoshka
    1 osh qoshiq pomidor pastasi
    ta'bga qarab har xil ziravorlar
    ta'bga qarab tuz va murch
    oldingi
    Baqlajonli sersuv burgerlar
    keyingi
    Yong’oqli qarsildoq pechenyelar

    Izohingizni yozib qoldiring

    Qo'shimcha imkoniyatlarga ega bo'lish uchun saytdan ro'yxatdan o'ting.