fbpx
Fransuzcha salat

Fransuzcha salat

Taomlari:

Masalliqlar:

Yo’nalishlar

Mazali fransuzcha salat — organizm uchun haqiqiy vitaminlar manbai bo’la oladi. Kam vaqt sarflab, mazali yegulikdan bahramand bo’lamiz.

Bugungi salat bizdan unchalik ko’p bo’lmaga, ko’pchiligimizning uyimizda topiladigan masalliqlarni talab qiladi. Bunday salat bemalol kechki ovqatning ham o’rnini bosa oladi.

Masalliqlar:

Portsiya:
200 gramm mol go'shti
150 gramm qizil lavlagi
150 gramm sabzili salat
2-3 ta tuzlangan bodring
150 gramm somoncha shaklida qovurilgan kartoshka
150 gramm karam
200 gramm mayonez
ta'bga qarab tuz va murch
qovurish uchun o'simlik yog'i
Qadam 1
Tugallandi

Kartoshka yupqa somoncha shaklida to'g'rab qovurib olamiz.

Go'shtnini ham xuddi shunday yupqa somoncha shaklida to'g'raymiz va yog'da qovurib olamiz. Xohishga qarab go'shtni qovurmasdan qaynatib olsangiz ham bo'ladi. So'ng ularni idishga solamiz.

Qadam 2
Tugallandi

Sho'r bodring va karamni ham yupqa somoncha shaklida to'g'raymiz va idishga solamiz. Aytgancha, sho'r bodring o'rniga oddiy bodringdan foydalansangiz ham bo'ladi.

Qadam 3
Tugallandi

Tayyor sabzili va qizil lavlagili salatlarni ham idishga solamiz.

Qadam 4
Tugallandi

Hammasini mayonez bilan aralashtiramiz. Ta'bga qarab tuz va murch sepamiz. Likopchaga tortishimiz ham mumkin. Yoqimli ishtaha!

Yangidan yangi retseptlarni bizdan kutib qoling va bizning telegram kanalimizga albatta a'zo bo'ling.

Muallif: Sitora

  • 30 daqiqa
  • Portsiya 4
  • Oddiy

Share it on your social network:

Or you can just copy and share this url

Masalliqlar:

Portsiya:
200 gramm mol go'shti
150 gramm qizil lavlagi
150 gramm sabzili salat
2-3 ta tuzlangan bodring
150 gramm somoncha shaklida qovurilgan kartoshka
150 gramm karam
200 gramm mayonez
ta'bga qarab tuz va murch
qovurish uchun o'simlik yog'i
oldingi
Qovoqdan pishirilgan yupqalar
keyingi
Room 5 kafesidan retsept: Kesadilya

1 Sharhlar Hide Comments

Izohingizni yozib qoldiring

Qo'shimcha imkoniyatlarga ega bo'lish uchun saytdan ro'yxatdan o'ting.