fbpx
Fransuzcha piyozli sho’rva

Fransuzcha piyozli sho’rva

Taomlari:

Masalliqlar:

Yo’nalishlar

Fransuz taomlari bejizga dunyo bo’yicha sevib tanovvul qilinmaydi. Chunki hatto piyozdan qilingan taom ham juda tansiq ta’mda chiqadi.

Fransiyaning maxsus taom retsepti bilan tanishib oling!

Tayyorlaniladigan yegulikka taxminan 30 000 so’m sarf qilinadi.*

*narxi manba chop etilgan vaqtgagina amal qiladi.

Masalliqlar:

1 kilo oq rangli piyoz
60 gramm sariyog'
6 ta shoxcha timyan
200 gramm qirilgan qattiq pishloq
1 dona baget noni
1 litr bulyon yoki oddiy suv
ta'bga qarab tuz va murch
Qadam 1
Tugallandi

Piyozlarni po'stini archib, har birini avval to'rtga bo'lamiz. So'ng yupqa qilib to'g'raymiz.

Qadam 2
Tugallandi

Qozonga sariyog'ni solib eritamiz. To'g'ralgan piyozlarni solib, qizargunicha qovurib olamiz. Bunda unchalik ko'p kovlab turmaymiz.

Qadam 3
Tugallandi

Piyoz qovurilgandan so'ng ustidan 250 ml bulyon yoki suv quyib, timyan shoxchalarini solamiz, olovni pasaytiramiz va bug'lanib ketguniga qadar qaynatamiz. Qoshiq yordamida tekshiramiz: aralashma quyuq bo'lib, ustida qoshiq izi qolsa, unda yana 250 ml bulyondan quyib, shu jarayonni takrorlaymiz.

Qadam 4
Tugallandi

So'ng esa bulyonning qolgan hammasini quyib, biroz quyulgunga qadar qaynatib olamiz.

Ungacha bagetlarni to'g'rab, tosterda qovurib olamiz yoki pechda 6 daqiqa pishirib olamiz.

Qadam 5
Tugallandi

So'ng issiqqa chidamli kosachalar(ko'za)ga sho'rvani quyamiz, qirilgan pishloqni yarmini solib, 2 bo'lakdan baton nonini qo'yamiz. Qolgan pishloqni ustidan sepib, pishloq erigunga qadar 200 C darajada qizigan pechga qo'yamiz.

Ovqatimiz tayyor, yoqimli ishtaha!

Yangidan yangi retseptlarni bizdan kutib qoling va bizning telegram kanalimizga albatta a'zo bo'ling.

Muallif: Sitora

  • O’rtacha

Share it on your social network:

Or you can just copy and share this url

Masalliqlar:

1 kilo oq rangli piyoz
60 gramm sariyog'
6 ta shoxcha timyan
200 gramm qirilgan qattiq pishloq
1 dona baget noni
1 litr bulyon yoki oddiy suv
ta'bga qarab tuz va murch
oldingi
Shokoladli Panna Kotta
keyingi
Fransuzcha «Vishisuaz» sho’rvasi

Izohingizni yozib qoldiring

Qo'shimcha imkoniyatlarga ega bo'lish uchun saytdan ro'yxatdan o'ting.